O‘zbekiston | 08:55 / 18.09.2018
2493
1 daqiqa o‘qiladi

ShHTga a'zo davlatlar temir yo‘llari rahbarlari Toshkentda uchrashadi

2018 yilning 19 sentabr kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar temir yo‘llari ma'muriyatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

TIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv yakunlariga ko‘ra bayonnoma imzolash rejalashtirilmoqda.

20-21 sentabr kunlari ShHTga a'zo davlatlar delegatsiyalari «Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: amalga oshirilmagan imkoniyatlar va strategik istiqbollar» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtirok etadilar.

Mavzuga oid