Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zavtoyo‘l” binosi 242 mlrd so‘mga sotildi
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Toshkent markazidagi binosi auksionda 242 mlrd so‘mga ketdi. Xaridor – boshlang‘ich narxdan 5 foizga yuqori narx taklif qilgan Norbekov Qobiljon Mamadiyorovich. Auksionda undan boshqa talabgor narx taklifini bildirmadi. Bundan 2 kun oldin Transport va Qurilish vazirliklari binolari ham sotilgan edi.
Foto: e-auksion.uz
Transport vazirligining binosi auksionda sotilganidan 2 kun o‘tib, vazirlik huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi binosi ham o‘z egasini topdi.
18 dekabr kuni qo‘mitaning “Hamid Olimjon” metro bekati oldidagi ma’muriy binosi elektron auksionda 242 mlrd so‘mga sotildi. Bu – boshlang‘ich narxdan 5 foizga yuqori.
Xaridor – Norbekov Qobiljon Mamadiyorovich. 15 daqiqa davom etgan auksionda faqat u narx taklifini bergan.

“O‘zavtoyo‘l” binosi 1975 yilda qurilgan bo‘lib, umumiy maydoni 19,4 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Bino egallagan umumiy maydon – 1 gektar.
Xaridor u yerda ofis va xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, 16 dekabr kuni Transport va Qurilish vazirliklarining Shayxontohur tumanidagi binolari mos ravishda 187,7 mlrd va 182,5 mlrd so‘mga sotilgandi. Yil boshida esa Energetika vazirligi va “O‘ztransgaz” binolari 440 mlrd so‘mga xususiylashtirilgan.
Davlat tashkilotlarining ma’muriy binolari sotilayotgani – ular Yangi Toshkentga ko‘chib o‘tishi bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
19:04 / 20.03.2026
Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari e’lon qilindi
11:12 / 20.03.2026
Toshkentdan bir kunda 500 mingdan ortiq avtomobil chiqib ketdi
09:08 / 20.03.2026
Toshkent shahri yashash va ovqatlanish xizmatlarida yetakchi bo‘ldi
08:35 / 20.03.2026