Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktabgacha ta'lim muassasalari endi bolalarni 3 yoshdan qabul qiladi
Illyustrativ foto
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi "Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 528-sonli qarori chop etildi. "Norma.uz" sayti maktabgacha ta'lim muassasasi (MTM) faoliyatiga doir qoidalar haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
Unga ko‘ra, MTM maqsadlari quyidagilardan iborat:
- bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
- bolalarni ta'lim va tarbiya orqali maktabga sifatli tayyorlash;
- bolalarni maktabgacha ta'limga jalb qilish.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
- 12 soatli;
- 10,5 soatli;
- 9 soatli;
- 4 soatli.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi (avval bu ko‘rsatkich 2-6 yoshni tashkil qilgan, alohida holatlarda 7 yoshgacha qatnashga ruxsat berilgan).
Bolalarni MTMlarga qabul qilish uchun qabul komissiyalari tuziladi. Ushbu komissiyalar 5 nafar kishidan iborat bo‘ladi.
- qabul komissiyasi raisi — xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi mudiri;
- qabul komissiyasi a'zolari — davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri, metodisti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakili.
- qabul komissiyasi kotibi — xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining maktabgacha ta'limi bo‘limi mutaxassisi.
Davlat MTMlariga yo‘llanma olish uchun ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb ataladi) tomonidan qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanma berish to‘g‘risida ariza;
- bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining nusxasi;
- bolaning otasi yoki onasining pasport nusxasi;
- yashash joyidan ma'lumotnoma;
- ota-onasining ish joyidan ma'lumotnoma (agar ishlasa).
Taqdim etilgan hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan yetti kun muddatda ko‘rib chiqilib, quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
- bolani ota-onalar tomonidan yozilgan arizada ko‘rsatilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga qabul qilish uchun yo‘llanma berish to‘g‘risida;
- ota-onalar tomonidan yozilgan arizada ko‘rsatilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘sh o‘rin bo‘lmagan hollarda topshirilgan hujjatlarni navbatga qo‘yish to‘g‘risida;
- ota-onalar tomonidan yozilgan arizada ko‘rsatilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘sh o‘rin bo‘lmagan hollarda, ota-onalarning xohishiga ko‘ra tegishli hududdagi bo‘sh o‘rin (joy) mavjud bo‘lgan boshqa davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga yo‘llanma berish to‘g‘risida.
Qabul komissiyasining qarori haqida uch kun muddatda ariza beruvchilarga ma'lum qilinadi.
Mavzuga oid
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025
Qatag‘on qurbonlari merosini targ‘ib etish bo‘yicha dastur tasdiqlandi
19:07 / 02.11.2025