Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Og‘ir vaziyatda qolgan xotin-qizlar uchun yana 40 shelter ochiladi
2019 yilning I choragida O‘zbekistonda hayotiy og‘ir vaziyatda qolgan ayollar murojaat qilishi uchun yana 40 ta ijtimoiy moslashuv markazi (shelter) ochiladi. Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati Kun.uz'ga shu haqida xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, so‘nggi kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Xotin-qizlar qo‘mitalari raislarining hisoboti tinglanib, hamkor tashkilotlar ishtirokida brifinglar tashkil etilgan. Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi “Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatidan xabardor qilishga bag‘ishlangan.
Bugungi kunga kelib joylarda xotin-qizlar qo‘mitalari huzurida "Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari"ni bosqichma-bosqich tashkil etish ishlari olib borilib, jami 160 markaz o‘z faoliyatini boshlagan. 2019 yilning I choragi davomida tuman, shaharlarda yana 40 markazning ochilishi rejalashtirilmoqda.
Brifingda ayollar ijtimoiy moslashuv markazlari tomonidan kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar xususida ham ma'lumotga ega bo‘lishdi.