5 yillik stajlilar uçun 500 ta kvota

Oila va xotin-qizlar qömitasi 5 yillik stajga ega, oliy ma’lumotli bölmagan xotin-qizlarga tavsiyanomalar berişni boşladi. Tavsiyanoma uçun ariza topşirişning oxirgi muddati — 1 iyun. Arizalar qömitaning tuman, şahar bölimlarida taşkil qilingan işçi guruhlariga topşiriladi.

Tavsiyanoma olişga talabgor quyidagi talablarga mos bölişi kerak:

  • örta maxsus yoki professional ta’lim böyiça mutaxassislikka ega bölişi;
  • tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
  • örta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi böyiça kamida beş yillik mehnat stajiga ega bölişi kerak.

Kerakli hujjatlar:

  •  Fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
  • Mehnat daftarçasi (elektron mehnat daftarçasi)dan köçirma;
  • Örta-maxsus yoki professional ta’lim böyiça diplom.

Arizalar körib çiqilib, 15 iyungaça egalariga topşiriladi. Tavsiyanomaning amal qiliş muddati — 3 yil. Ötgan yili tavsiyanoma olgan, lekin talaba böla olmaganlar bu yil ham öşa tavsiyanomasidan foydalanişlari mumkin.

Tavsiyanomaning özi öqişga kirişni kafolatlamaydi. Uni olgan xotin-qizlar ham hamma abituriyentlar kabi imtihon topşiradi, faqat ularning balli alohida kvota doirasida hisoblanadi. Eng yuqori ball töplagan 500 abituriyent esa talabalikka tölov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

2 mingta grant

Xotin-qizlar uçun öqişga kirişdagi asosiy imkoniyatlardan biri — ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiluvçi umumiy kvotaning 4 foizi miqdoridagi (2 mingta örin) grant hisoblanadi. Unga talabgorlar ham tavsiyanomani Oila va xotin-qizlar davlat qömitasidan oladi. Ötgan 2022 yilgi qabulda tavsiyanomalar uçun arizalar 30 maydan 8 iyungaça olingan. Bu yil tavsiyanomalar beriş hali boşlanmadi.