O‘zbekiston | 10:54 / 03.10.2025
3193
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida quruq ob-havo saqlanib turadi

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kunduzi +20…+25 daraja atrofida bo‘ladi. Faqat ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Foto: Kun.uz

3−5 oktyabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi «O‘zgidromet».

Juma kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Kun davomida respublikaning ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati +18…+23 daraja atrofida, janubda +25…+27 darajagacha bo‘ladi.

Kunduzi cho‘l hududlarda, 45 oktyabr kunlari shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 1318 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, harorat kunduz kunlari +20…+25 daraja bo‘ladi. Faqat ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi.

Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 38 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 3 oktyabrda +20…+22 daraja, 4 oktyabrda kechasi +10…+12 daraja, kunduzi +23…+25 daraja, 5 oktyabrda kechasi +10…+12 daraja, kunduzi +21…+23 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid