O‘zbekiston | 14:14 / 09.01.2026
914
1 daqiqa o‘qiladi

Ayrim tibbiy jihozlar klinik tadqiqotlarsiz ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Adliya vazirligida “Tibbiy jihozlarning klinik tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Nizomda tibbiy jihozlarni klinik tadqiqotdan o‘tkazish hamda ayrim turdagi jihozlarni klinik tadqiqotlarsiz ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi.

Nizomga ko‘ra, quyidagi tibbiy jihozlar klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi:

xavfsizlik klassifikatsiyasi bo‘yicha I sinfga mansub tibbiy jihozlar;
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan (prequalification), JST bilan hamkorlikda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan In vitro tashxis tibbiy jihozlari;
O‘zbekistonda klinik tadqiqotlari oldin o‘tkazilgan tibbiy jihozlar.

Qayd etilishicha, klinik tadqiqotlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Markaz tavsiyasi asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan Ekspertlar kengashi tomonidan qabul qilinadi.

Shuningdek, klinik tadqiqotlar tibbiy jihozning xavfsizlik darajasidan kelib chiqib, kamida 20 nafar klinik tadqiqot sub’yekti jalb etilgan holda o‘tkazilishi belgilangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid