Dilşod Barakayev “Toşpölatov Anvar Karimoviç” xususiy korxonasida tibbiy buyumlarni yiğiş menejyeri lavozimida işlaşidan foydalanib, mazkur korxonaning bir marotaba foydalaniladigan tibbiy çiqindilarini olib ketiş böyiça xizmat körsatiş haqidagi şartnomasini qölga kiritadi va uni soxtalaştiradi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.

Kompyuter texnikasidan foydalangan holda korxonaga tegişli yumaloq muhrning qalbakisini tayyorlaydi. Keyin esa çiqindilarni olib ketiş böyiça xizmat körsatiş haqidagi soxta şartnomani imzolatib oladi.

Dilşod Barakayev 2015 yilning 11 fevralidan 1 sentabrgaça bölgan muddatda Buxoro viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat kardiologiya dispanseri, Buxoro, Ğijduvon, Kogon şahar va Kogon tuman tibbiyot birlaşmalarida bir marotaba işlatiladigan tibbiy jihozlarni “imi-jimi”da olib ketaveradi. Buxoro şahridagi eski “Qoraköl teri” korxonasidagi ijaraga olgan binodan Toşkent şahriga töğri kelgan yuk maşinalarda sotiş uçun jönatib turadi. D.Barakayev notaniş kişilarga har bir şpritsni 1000 sömdan pullayveradi. Uning zararsizlantirilmagan tibbiy jihozlardan yuqumli kasalliklar yuqişi va tarqalişi xavfining oşişiga sababçi böladi.

 D.Barakayev qilmişiga yaraşa Özbekiston Respublikasi JKning tegişli moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.