10:18 / 15.08.2021
22634

Koronavirus: Toshkentda kunlik holatlar yuqoriligicha qolmoqda, tuzalishlar soni va yangi holatlar jiddiy farq qilmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 917 kishida koronavirus, 502 kishida pnevmoniya aniqlanib, ikki kasallikdan jami 9 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 14 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 143041 (+917) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:
83 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
36 nafari Andijon viloyatida,
23 nafari Buxoro viloyatida,
69 nafari Jizzax viloyatida,
30 nafari Qashqadaryo viloyatida,
19 nafari Navoiy viloyatida,
44 nafari Namangan viloyatida,
94 nafari Samarqand viloyatida,
23 nafari Sirdaryo viloyatida,
91 nafari Surxondaryo viloyatida,
79 nafari Farg‘ona viloyatida,
30 nafari Xorazm viloyatida,
97 nafari Toshkent viloyatida,
199 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Qayd etish kerakki, poytaxt Toshkentda avgust oyining birinchi haftasida kunlik holatlar 100ta atrofida bo‘lgan, ikkinchi haftadan bu raqam birdaniga ikki barobarga oshgandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 89 nafar,
  • Buxoro viloyatida 18 nafar,
  • Jizzax viloyatida 57 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 110 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 84 nafar,
  • Xorazm viloyatida 36 nafar,
  • Toshkent viloyatida 118 nafar,
  • Toshkent shahrida 124 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 135864 (+636) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ma'lumot uchun, bunga qadar haftalar davomida kunlik tuzalish holatlari soni kunlik yangi holatlar soniga (800-900 atrofida) yaqin bo‘lib kelayotgandi.

So‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning 6 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 976 nafarni tashkil qildi.

SSV 14 avgust kuni 502 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 17916taga yetgani, so‘nggi bir kunda ularning 479 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 10502 nafarni tashkil qilayotgani haqida xabar bergan. 

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 120 nafarga yetdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top