Light | 12:52 / 24.05.2018
71006
9 daqiqa o‘qiladi

Sizni ommadan ajratib turuvchi 15 ta “asl ingliz” iboralari

Mazkur  so‘z va iboralar sizni ona tilisi ingliz tili bo‘lganlar darajasiga olib chiqadi.

Bu  darajaga olib chiqmasa ham, atrofdagilarni «He/she is so cool!», deb o‘ylashga majbur qiladi

Foto: Fotolia

Ingliz tilida xorijliklar bilmaydigan, biroq bu til ona tilisi bo‘lganlar doimiy ravishda qo‘llaydigan ko‘plab so‘z birikmalari mavjud. “Asl ingliz” iboralaridan 15 tasini to‘plab, e'tiboringizga havola etyapmiz. Ular sizni ommadan ajratib turishi aniq.

1. Firstly, secondly, thirdly…

«Birinchidan, ikkinchidan, uchinchidan...»

“Inglizcha” quloq uchun rasmiy tuyuladi (so‘zlashuvda odatda firstsecondthird qo‘llaniladi), biroq tilni yaxshi bilishingizni ko‘rsatadi. Ammo in the firstin the second va hk. ko‘rinishida qo‘llab bo‘lmaydi.

Firstly, I prefer airplane because it’s fast. Secondly, they give you meals, and thirdly, I like a view from the window.

Men samolyotlarni ma'qul ko‘raman. Chunki birinchidan, tez, ikkinchidan, u yerda taom berishadi, uchinchidan, illyuminatorni tomosha qilishni yoqtiraman.

2. Very good

«Ajoyib»

O‘zbek tilida bo‘lgani kabi ingliz tilida bu ibora asl ma'nosiga zid ma'noni ham anglatishi mumkin.

— I left your glasses at home. — Men ko‘zoynagingni uyda unutibman.

— Very good. — Ajoyib.

3. Get out!

«Yo‘g‘-ye!», «Qo‘ysang-chi»

Asl ma'nosidan tashqari hayrat va ishonchsizlikni ham anglatishi mumkin.

— I’m going to get married. — Uylanyapman.

— Get out! — Yo‘g‘-ye!

4. Never ever

«Hech qachon»

“Hech qachon” so‘zi ma'nosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi.

I will never ever do it again.

Men boshqa hech qachon bunday qilmayman.

5. It’s not rocket science

«Bu oliy matematika emas»

Agar kimdir nimanidir murakkab desa-yu, siz esa buni noto‘g‘ri deb hisoblasangiz, ingliz tilida (so‘zma-so‘z aytganda) “bu raketa ilmi emas” tariqasida aytishingiz mumkin.

Managing people is hard but it’s not rocket science.

Odamlarni boshqarish osonmas, biroq bu oliy matematika emas.

Foto: Fotolia

6. Ain’t no

Am/is/are not  yoki have/has not tuzilmasining so‘zlashuvda ishlatiladigan ko‘rinishidir.  Yoshlar va oddiy odamlar tomonidan qo‘llaniladi, ma'lumotga ega bo‘lganlar “ensasi qotishi” mumkin. Biroq yuqori baholashlar aniq.

I ain’t got no cigarettes.

Menda sigaret yo‘q.

7. Going nuts (be nuts)

«Aqldan ozibdi», «tomi ketibdi»

Yong‘oqqa umuman aloqasi bo‘lmagan, so‘zlashuvda qo‘llaniladigan ibora.

Tornado is about to come, everyone’s going nuts.

Yaqinda to‘fon keladi, hamma aqldan ozayotganga o‘xshaydi.

John is nuts.

Jonning “tomi ketibdi”.

8. Let’s just say

«Qisqacha qilib aytganda…», «Qisqasi…»

Biror narsani batafsil tushuntirishni istamagan hollarda qo‘llaniladi.

Let’s just say I’m not a big fan of Elvis.

Qisqasi, men Elvisning muxlisi emasman.

9. Let’s sleep on it

«Ertagacha qoldiraylik»

Ba'zida qaror qabul qilish uchun vaqt kerak. “Tong kechki vaqtga qaraganda donoroq” deyishadi-ku. Shuning uchun inglizlarda “buning uchun bir uxlab turish kerak” deyiladi.

I can’t make a decision right now, let me sleep on it.

Men hozir qaror qabul qila olmayman, ertagacha o‘ylab ko‘rishim kerak.

10. Not really

«Unchalikmas»

Juda keng tarqalgan bu iborani maktabda o‘rgatmasliklari g‘alati.

— Are you ready to go? — Borishga tayyormisan?

— Not really. — Unchalikmas.

11. Help yourself

«Oling-oling», «bemalol»

Asl ma'nosidan tashqari, ko‘pincha gap shaklida mustaqil ravishda harakat qilishga ruxsat ma'nosida qo‘llaniladi.

— May I use your phone? — Telefoningizdan foydalansam bo‘ladimi?

— Help yourself! — Bemalol!

12. Indeed

«Haqiqatan ham»,  «shubhasiz»

Bu so‘z aytilgan gap yoki rozilikni kuchaytirish ma'nosida qo‘llaniladi.

— He sounds reasonable. — U to‘g‘ri aytyapti.

— He is indeed. — Shubhasiz.

Foto: Fotolia

13. May I be excused?

«Tashqariga chiqsam maylimi?»

Ro‘yxatimizdagi bebaho gavhar ibora mana shu. O‘nta ingliz tili o‘qituvchisidan “Chiqsam bo‘ladimi?”ni qanday aytishni so‘rab ko‘ring. Ulardan to‘qqiztasi  «May I get out?», «May I go out?» shakllarini aytadi.

The girl raised her hand and said, “Mrs Jones, may I be excused?”

Qiz qo‘lini ko‘tarib, dedi: «Jons xonim, tashqariga chiqsam maylimi?»

14. I’m done

«Tugatdim», «Charchadim»

Gap og‘zaki nutqda ko‘p ishlatiladi.

I’m done washing dishes, let’s go.

Idishni yuvib bo‘ldim, ketdik.

15. So are you / so am I; me neither

«Sen ham/men ham»; «men ham ...madim»

Agar “men ham”, “siz ham”ni me too shaklida emas, haqiqiy ingliz tilida aytmoqchi bo‘lsangiz, so so‘zini olib,ko‘makchi fe'l va egani qo‘yasiz. Agar bildirilgan inkor fikrga rozi bo‘lsangiz, u holda so o‘rniga neitherdan foydalaning.Birinchi shaxsdagi inkorda me neither ni qo‘llash mumkin. Fe'lning zamonidan qat'iy nazar. Diqqat: agar suhbatdoshingizning ingliz tilisi u qadar yaxshi bo‘lmasa, u sizni tushunmasligi mumkin. U holda oddiy too yordam beradi(bu ham ingliz tilida va ortiqcha “ohanjamalarsiz”).

— I wanna go home. — Men uyga ketishni istayman.

— So do I. — Men ham.

— Your girlfriend doesn’t like her new roommate. — Qizingga yangi xonadoshi yoqmayapti.

— Me neither. — Menga ham.

Tabriklayman, ana endi sizni «o‘zbilish»da gapiradigan vatandoshlar orasida ajratib olishlari aniq.  Albatta, sizda asosiy bilimlar bo‘lmasa, bu iboralar g‘alati eshitiladi.

Bu to‘liqlikka da'vogarlik qilmaydigan kichik bir ro‘yxat. Aksincha, uni kengaytirish kerak va zarur. Shuning uchun haqiqiy ingliz tilida mavjud bo‘lgan iboralar ro‘yxatini tuzish tavsiya etiladi.

Mavzuga oid