Abduğofur Hotamov TATUning Samarqand filialida dars beradi. U 10 oy davomida öqib, ingliz tilidan B2 sertifikatini olgan. “Köplab axborot texnologiyalariga aloqador terminlar ingliz tilida, talabalarning oldida uyalib qolmaslik uçun ingliz tili kursiga qatnay boşladim”, - deydi u Kun.uz’ga bergan intervyusida. Abduğofur ota kuniga 2-3 soat ingliz tili bilan mustaqil şuğullanganini aytadi.

“Yoş ötgani sari til örganiş qiyin, ammo oldingizga maqsad qöyişingiz kerak”

Hozir yoşim 67 dan 68 ga qarab ketyapti, lekin şunda ham ustozim Kamronbek bilan 10 oy davomida ingliz tilini örganib, CEFR topşirişga qaror qildim va imtihon topşirib B2 sertifikatini oldim.

Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida dotsentman, texnika fanlari böyiça falsafa doktoriman (PhD). 60 yoşimgaça telekommunikatsiya böyiça işlaganman. 2023 yil 1 oktyabr kuni öquv markazga borib ingliz tilidan kursga yozildim. Öqituvçim – Kamronbek Isayev, örtamizdagi yoş farqi 49-50 yoş, lekin ustozimning bilimlari yaxşi bölgani uçun oktyabrdan to iyul oyigaça qattiq öqitdi. Çunki öqituvçining talabi juda kuçli edi. Özim ham berilgan topşiriqlarni bajarişga harakat qilardim, iyun oyida xalqaro CEFR imtihonini topşirib kördim va muvaffaqiyatli javob keldi.

Abduğofur Hotamov

Ilmiy işim sababli çet elga çiqib kelişim kerak edi, çetga çiqib keldim. Ingliz tilini örganişdan asosiy maqsadim, köplab axborot texnologiyalariga aloqador terminlar ingliz tilida bölgani sababli talabalarning oldida uyalib qolmaslik uçun ingliz tili kursiga qatnay boşladim. Ustozim Kamronbekdan bilmagan narsalarimni örganib oldim. Albatta yoş ötgani sari odamga til örganiş qiyin bölar ekan, ammo men şu narsani qila olaman deb oldingizga maqsad qöyişingiz kerak ekan. Til örganişdan asosiy maqsad – talabalarga inglizça terminlarning tarjimasini özim tuşunib aytiş.

“Maqsad aniq bölsa imkon topiladi” – Kamronbek Isayev (Abduğofur Hotamovning ustozi)

Hozirgi vaqtda 18 yoşdaman va oxirgi 3 yil mobaynida ingliz tilidan dars berib kelyapman. Abduğofur aka eng muvaffaqiyatli talabalarimdan biri. Yoşi katta örganuvçilar juda köp uçraydi, ammo şu yoşda til örganişni oxirigaça olib bora olgan talabalar kam. Çunki köpçilik 30 yoki 40 yoşdan ötgandan keyin özlariga turli stereotiplarni öylab topişadi. Yoş tösiğini olib taşlaş kerak deb hisoblayman. Talabalarimga har doim “Maqsad aniq bölsa imkon topiladi”, – deb aytaman. Çunki asosiy tösiq moddiy tomonga borib taqalmaydi. Odam istasa, vaqt topa oladi bu narsaga.

Abduğofur Hotamov va Kamronbek Isayev

“Malayziyada özim erkin erkin muloqot qila oldim” – Abduğofur ota

Bugungi kunda izlanişdaman. Doctor of science darajasini oliş niyatidaman. Talabalar bilan işlaş menga yoqadi, talablar gavjum bölib turgan auditoriyaga kirganda ularga şunça yillar davomida töplagan bilimimni öqitişdan zavqlanaman. CEFR topşirganimdan keyin bilimimni sinaş maqsadida xorijga bir oyga borib keldim. Malayziyada bölib qaytdim.

U yerda odamlar ikki tilda gaplaşadi köproq, bular: malay tili va ingliz tili. Ustozimdan tarjimon yollaymi deb söraganimda, barçasini özingiz eplaysiz degan javobni olganman. Rostdan özim erkin muloqot qila oldim.

“Doimiy ravişda ingliz tilida videolar köriş kerak” – Kamronbek

Abduğaffor aka singari odamlarga dars beriş jarayonidagi eng qiziq tomoni bu ulardagi darsga bölgan qiziqişning ustunligi bölgan. Vazifalarni ham qoldirmasdan bajarib kelişga harakat qilganlar doim. Hattoki Malayziyada bölgan vaqtlarida ham kursdan qolib ketmasliklari uçun ular bilan onlayn tarzda işladik birga. Har xil ingliz tilidagi videolarni töxtatmaslik, bu katta ijobiy jihat. Ular universitetda dotsent sifatida işlaydilar, ingliz tilidan vazifalarni öz vaqtida bajariş ular uçun qiyin. Ammo şunda ham berilgan topşiriqlarni öz vaqtida bajarişga harakat qildilar

Abduğafur aka topşirgan imtihon xalqaro CEFR imtihoni bölib, IELTS’ga öxşab ketadi. Milliy sertifikat imtihonidan narxi va ba’zi narsalari bilan farq qiladi.

“Kuniga 2-3 soat şuğullanaman” – Abduğofur ota

Öqituvçim bilan 8-10 oy içida natijaga erişdik, çunki öz ustingizda işlasangiz albatta natija böladi. Universitetdagi işlarimni bajarib bölib, keçqurun uyga kelib ingliz tilidan berilgan topşiriqlarni bajarardim. Ingliz tili kursi seşanba, payşanba, şanba kunlari bölib ötardi. Bundan taşqari universitetdagi darslarimga ham yarim soat tayyorgarlik körardim.

Çunki bugungi kun talabalari ança bilimli, ularning oldida ularning savollariga javob beriş uçun ham tayyorlanib borardim. Ingliz tilidan har kuni 2-3 soat şuğullanaman. Bölmasa natijaga erişiş qiyin. Tarjima qiliş kerak bölsa yoki speaking qilganimda telefonimga ovozimni yozib olardim, keyin özimga yoqmasa öçirib taşlab yana qaytadan tayyorgarlik körib gapirardim.

“Til örganiş odamni yoşartiradi” - Abduğofur ota

Ba’zi odamlar yoşing 70 ga borganda ilmning nima keragi bor deyişadi. Ilm olişdan töxtamaslik kerak. Mening ustozlarimning köpçiligi 90 yoşlarida ham ilm qilib yurişibdi. Qarilikda bilim oliş qiyin, albatta. Ingliz tili kursida men bilan birga til örganayotgan öquvçilarning aksariyati 6-7-sinf öquvçilari, ular bilan bir partada ötirişga uyalgan holatlarim ham bölgan, ammo qariyalarga til örganişni tavsiya qilaman. Til örganiş odamni yoşartiradi. Töğri, ança maşaqqatli. Yoşlar “I am very glad to see you” degan iborani bir marta takrorlaganida esda qoldirişsa, menda bu narsa 40 martada esda qoladi, farqimiz şu, ammo men köproq harakat qilişim kerak deb hisoblayman. Bolalarga aytadigan gapim, yoşlikda ilm örganişga harakat qilinglar. Yoşlikdagi ilm toşga öyilgan naqş böladi, lekin qarilikda ham ilm olişga biror çegara yöq.

Madina Oçilova suhbatlaşdi.