Ma’mura Yöldoşeva 36 yoşda. Oilali, uç nafar farzandning onasi. U AQŞda bakalavriat va magistraturani tugatgan. Köpçilik uning özbekistonlik ayollar içida birinçi bölib IELTS’dan 9 ball olganini Amerikada yaşagani bilan boğlaydi. Biroq uning özi bu fikrga qöşilmaydi. Ma’mura Kun.uz bilan suhbatda qanday qilib bunday natijaga erişgani, uşbu yöldagi maşaqqatlari haqida sözlab berdi.

“Tört marta imtihon topşirganman”

IELTSʼdan 4 marta imtihon topşirganman. Birinçi martasida 8 ball çiqqan, ikkinçi, uçinçi urinişda 8,5 ball va törtinçi bor imtihonga kirganda 9 ballni qölga kiritganman. Özbekistonda köpçilik meni Amerikada yaşab kelganim uçun 9 ball oldi, deb öylaydi. Amerikada 24 yil yaşaganmiz. 11 yoşimda otamning ilmiy işlari sababli bu davlatga oilaviy köçib ketganmiz. Öşanda otamdan taşqari heç birimiz ingliz tilini bilmas edik. Maktabda öqiş jarayonida bu tilni atrofdagilardan örgana boşlaganman, 1 yil içida tilni tuşunib, boşqalar bilan gaplaşa oliş darajasiga çiqqanman. Aslida ingliz tilida sözlaşa oladiganlarning hammasi ham IELTSʼdan yaxşi natijalarni qayd eta olmaydi. Sababi IELTS alohida tayyorgarlik köriladigan, natija uçun vaqt talab qiladigan imtihon. Unda faqatgina sözlaşiş emas, yoziş, eşitiş, grammatikani qay darajada bilişingiz, mantiqiy fikrlaşingiz sinovdan ötkaziladi. Ya’ni Amerikada hayot keçirib, ingliz tilida erkin gaplaşiş boşqa, IELTS imtihonlaridan yuqori ball oliş esa umuman boşqa narsa.

“Kelin, ona va ustoz rolida testga tayyorgarlik oson keçmadi”

IELTSʼga törtinçi bor hujjat topşirişga tayyorgarlik körayotgan vaqtimda uçinçi farzandimga homilador edim. Şu tufayli uzoq vaqt davomida ötirib dars qila olmasdim. Vaqtdan yutqazmaslik uçun turli mavzudagi inglizça suhbatlarni eşitardim, yangiliklarni öqirdim. Uy yumuşlari, bolalarga qaraş, ularning tarbiyasi bilan şuğullaniş, öquvçilarga dars beriş bilan bir qatorda öz ustimda işlaş – hammasiga birdek ulguriş oson bölmagan, albatta. Keçqurunlari audioyozuvlarni tinglab dars qilib, kitob ustida uxlab qolardim. Bunday vaziyatda insonga kuçli iroda, natijaga erişiş uçun içki xohiş kerak böladi. Şuningdek, oila a’zolarining qöllab-quvvatlaşi ham muhim ahamiyatga ega. Turmuş örtoğim dunyoqaraşi keng inson bölgani uçun menga doim yordam bergan, ilmni qadrlaydi. Oilaviy qadriyatlarimizga köra, ayollar birinçi navbatda farzandlariga namunali ona bölişi uçun ham öz ustida işlaşdan töxtamasligi kerak. Öz yönalişimdagilarga raqobatçi böliş uçun emas, izlansa, mehnat qilsa, katta natijalarga erişiş mumkinligini qizlarimga isbotlaş uçun IELTSʼdan maksimal ball olişga harakat qildim. Tayyorgarlik paytida avval topşirgan imtihonlarimdagi natijalarimni tahlil qildim. Ularda qilgan xatolarimni örganib, aynan şular ustida işlaş orqali mustaqil ravişda IELTS natijamni 8,5 dan 9 ballga kötardim.

“Pandemiya vaqtida Özbekistonga qaytdik”

Karantin vaqtida vatanga qaytdik. Özbekistonga kelgan dastlabki paytlarimizda nima iş qilişni bilmay qoldim. Sababi bu yerda qanday ta’lim tizimi yölga qöyilganidan bexabar edim. Ikki davlat örtasidagi öqitiş tizimida katta farq bor, bundan birmunça qiynaldim. Dars uslublarini örganiş va tahlil qiliş uçun Toşkentdagi taniqli öquv markazlariga öquvçi sifatida borib kördim. Ulardan biriga yoşim katta bölgani uçun qabul qilişmadi. Boşqa birida esa öqituvçidan köproq narsani bilişimni sezib qolişganidan keyin haydab çiqarişdi. Fikrimça, bunday usulni qöllaş xato, ta’lim maskanlari bilim olişni xohlagan barça uçun teng imkoniyatlarni yaratişi, undagi öqituvçilar raqobatga tayyor bölişi kerak.

Poytaxt markazidagi köpçilikka taniş yana bir öquv markazida ingliz tilidan dars berayotgan yoş öqituvçining darsida qatnaşdim. Qiziq voqea böldi: öqituvçi öquvçining töğri talaffuz qilgan sözini notöğri deya baholab, unga özining talqinidagi xato talaffuzni singdirdi. Uning qilayotgan işi notöğri ekanini aytib yuborişimga bir baxya qolgan. Ammo kuzatuvçi sifatida borganim uçun kamçiliklarni örganib, jimgina qaytganman. Fikrimça, öquv markazlarida dars berayotgan öqituvçilar faoliyatini ham nazorat qilib turiş tizimini yölga qöyiş kerak.

“Sözlarni robotga öxşab yodlaydi, ammo bitta gap tuzişni bilmaydi”

IELTSʼga tayyorgarlik körayotganlar yangi sözlarni köp örganadi, ammo öşa sözlar iştirokida biror gap tuziş söralganda töxtab qoladi. Robotga öxşab yodlaşadi, mazmunini mantiqan anglab, bir-biriga boğlaş masalasida esa oqsab qolişadi. Eng katta kamçiliklardan biri ham şu, aslida. Öquvçilarim bunday vaziyatga tuşib qolmasligi uçun dars mobaynida yangi sözlarni örgatayotganda ulardan şe’r yoki matn, inşo, dialoglar tuzişni topşiriq sifatida beraman. Bu usul imtihon jarayonida vaqtdan yutişga, sözlarni töliq anglaşga yordam beradi. Mantiqan fikrlaş qobiliyatini ham rivojlantiradi.

IELTSʼdan maksimal ball oliş uçun 5 ta layfhak

Xalqaro ingliz tilini test qiliş tizimidan yuqori ball oliş uçun birinçi navbatda, imtihon topşiriş sanasini aniq belgilab, şunga köra reja tuzing. IELTSʼning ikki turi bor: Academic va General training, bularning imtihon tizimi bir-biridan farq qiladi. Şuning uçun, özingizga kerakli versiyani avvaldan töğri tanlaşingiz lozim. Namunaviy sinov testlarini yeçib, hozirgi bilim darajangizni tekşiring, bu orqali qaysi bölimlar ustida köproq işlaşingiz zarurligi ma’lum böladi, ayni şu faktorlar asosida tayyorgarlik rejasini tuziş zarur.

Ikkinçi layfhak: iloji boriça köproq ingliz tili ona tilisi bölgan sözlaşuvçilar (native spiker)ni eşiting. Bu orqali sözlaşuv(speaking)da tabiiy aksent va talaffuzni örganasiz, tinglaş (listening)da tuşuniş qobiliyatingiz oşadi. Uçinçi maslahat: öqiş (reading)da gaplarning tuziliş strukturasini yaxşilab örganing. Mazkur usul matnni yaxşiroq anglaş va savollarga aniq javob berişga imkon yaratadi.

Törtinçi layfhak: vaqt taqsimotiga özingizni moslaştiring. Masalan, öqiş bölimi (reading)da turli murakkab matnlar bilan tanişing, vaqtni boşqarişni maşq qiling. Sözlaşiş (speaking) böyiça vaqtga qarab savollarga javob berişga tayyorlaning. Imtihonda vaqt masalasi muhim omil, kuçli tayyorgarlik körganingiz bilan dedlaynga amal qilmasangiz, harakatlaringiz samarasiz yakunlanadi.

Beşinçi layfhak: imtihonga özingizni ruhan kuçli tayyorlang. Özbekistonda IELTS topşirayotgan köplab öquvçilarda qörquv böladi. Bu oddiy imtihon, qörqiş kerak emas, undan yaxşi ball ola olmaslik bilan hayot tugab qolmaydi. Hayajonni yengiş va konsentratsiyani jamlaşga yordamlaşuvçi maşqlarni bajaring. Imtihondan avval töyib uxlang.

Diyoraxon Nabijonova suhbatlaşdi.
Operator: Ziyaddin Mamatjonov,
Montaj ustasi: Nizomjon Toşpölatov.