Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tashmore»ning yuzasi muzladi
O‘zbekistonda yuzaga kelgan sovuq ob-havo sabab Toshkent viloyatida joylashgan Tuyabo‘g‘iz suv omborining (Toshkent dengizi, «Tashmore» - tah.) yuzasi muzladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi, ijtimoiy tarmoqlarda ham shunday ma'lumot tarqaldi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida aytilishicha, suv omborining yuzasi muzlagani sababli ushbu maskanda shug‘ullanayotgan eshkak eshuvchilar suvda mashg‘ulot o‘tkaza olishmayapti.
“Biroq yangi mavsumda o‘z oldiga jiddiy maqsad qo‘ygan sportchilarimiz mashg‘ulotlarni trenajyor zalida davom ettirishmoqda. Ayni damda ushbu bazada akademik eshkak eshuvchilarimizning to‘liq tarkibi, shuningdek, baydarka va kanoechilarimizning ma'lum qismi mashg‘ulot olib borishmoqda”, - deyiladi xabarda.
Ma'lumot uchun, Tuyabo‘g‘iz suv ombori (Toshkent dengizi) Ohangaron daryosining o‘rta oqimida barpo etilgan gidrotexnika inshooti sanaladi. Inshoot 1962 yilda qurilgan va daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. Umumiy hajmi 250 mln kubometr, foydali hajmi 224 mln kubometrni tashkil etadi. Suv yuzasi maydoni 20 kvadrat kilometr, o‘rtacha chuqurligi - 12,5 metr.
Tuyabo‘g‘iz suv ombori to‘g‘onining uzunligi 2,4 kilometr, ikki chekkasi qumoq tuproqdan qurilgan. To‘g‘on ustidan Toshkent - Bekobod avtomobil yo‘li o‘tadi. Suv ombori atrofida dam olish zonasi tashkil etilgan.
Mavzuga oid
13:15 / 03.01.2026
Tuyamo‘yin suv ombori hajmi 1 mlrd kub metrga kengaytiriladi
12:25 / 08.12.2025
Pechenej suv ombori to‘g‘oni Rossiya hujumi oqibatida zararlandi
22:37 / 08.08.2025
«To‘yga tayyorlagan qizim edi» – Ohangaron suv omborida yuz bergan fojia haqida reportaj
14:06 / 06.08.2025