Loyihada qişloq xöjaligida suv ta’minoti barqarorligini oşiriş va suv yöqotişlarini kamaytiriş asosiy vazifalardan biri sifatida körsatilgan. Buning uçun magistral va xöjaliklararo kanallarni bosqiçma-bosqiç beton qoplamaga ötkaziş, suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş, yer osti suv sathi yuqori bölgan hududlarni qisqartiriş hamda soha boşqaruviga xususiy sektorni kengroq jalb qiliş rejalaştirilgan.
Loyihada keltirilgan asosiy maqsadli körsatkiçlar:
- uzunligi 18,7 ming km bölgan (şundan 66 foizi tuproq özanli) magistral va xöjaliklararo kanallarning beton qoplamali uluşini 13,1 ming kmga yoki 46 foizga yetkaziş;
- melioratsiya obektlarini quriş va rekonstruksiya qiliş natijasida suğoriladigan yer maydonlarida şörlangan maydonlarni 1,7 mln gektargaça kamaytiriş;
- yerosti suv sathi muammoli holatda bölgan yer maydonlarini 773,4 ming gektargaça kamaytiriş.
Şuningdek, loyihada irrigatsiya tizimi va suv tejovçi texnologiyalarni rivojlantiriş, boşqaruvga xususiy sektorni jalb etiş va DXŞ mexanizmlarini keng qöllaş ham alohida yönaliş sifatida qayd etilgan. Jumladan:
suv xöjaligida obektlarni davlat-xususiy şeriklik asosida boşqaruvga berişni 2 012 taga yetkaziş;
Tuyamöyin suv ombori hajmini qöşimça 1 mlrd kub metrga kengaytiriş orqali 1,2 mln gektar maydonda suv ta’minotini yaxşilaş, şu bilan birga içimlik suv zaxirasini yaratiş.
Loyihaga köra, uşbu çoralar suv yöqotişlarini qisqartiriş, meliorativ holatni yaxşilaş, qişloq xöjaligida barqaror hosildorlikni ta’minlaş va suv ta’minoti infratuzilmasini tizimli modernizatsiya qilişga xizmat qilişi kutilmoqda.











