Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev «Nishoni Pokiston» oliy mukofoti bilan taqdirlandi
Islomobodda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy tor doirada hamda delegatsiyalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv yakunida Asif Ali Zardoriy Shavkat Mirziyoyevga «Nishoni Pokiston» mukofotini topshirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Ayvoni Sadr” qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga “Nishoni Pokiston” ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy mamlakatning oliy mukofotini davlat rahbariga tantanali ravishda topshirdi.
Marosimda mazkur nufuzli mukofot O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi umumiy sa’y-harakatlarning munosib e’tirofi, shuningdek, O‘zbekiston xalqiga do‘stona munosabat va chuqur hurmat ifodasi ekani qayd etildi.

O‘zbekiston–Pokiston strategik sherikligi mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib borishiga ishonch bildirildi.
Ta’kidlanishicha, “Nishoni Pokiston” ordeni turli yillarda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, AQSh prezidenti Richard Nikson, Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Nelson Mandela, Tailand qiroli Pxumipon Adulyadet, BAA prezidenti Shayx Zoyid bin Sulton Ol Nahayon, Xitoy raisi Xu Tszintao, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va boshqa bir qator davlat arboblariga berilgan.
Mavzuga oid
17:49 / 01.04.2026
Xitoy va Pokiston Yaqin Sharqdagi urushni tugatish rejasini taklif qildi
21:20 / 30.03.2026
Pokistonda «yaqin kunlar ichida» AQSh va Eron muzokaralari o‘tkazilishi mumkin
09:10 / 25.03.2026
Pokiston Eron bo‘yicha muzokaralar uchun maydon taklif qildi
18:39 / 20.03.2026