Pokiston janubi-ğarbidagi Belujiston viloyatida xudkuş terrorçi tomonidan amalga oşirilgan portlaş oqibatida 23 kişi halok bölib, kamida 70 kişi yaralandi.

Bu vaqtda harbiy xizmatçilarni olib ketayotgan poyezd hudud ma’muriy markazi hisoblangan Kvetta şahri orqali ötayotgandi.

Poyezdning ikki vagoni ağdarilib, yonib ketgan, yaqin atrofda turgan avtomobillar, bir neçta uylar va temiryöl liniyasi yaqinida joylaşgan binolar şikastlangan.

AFP agentligi mahalliy rasmiylarga tayanib xabar berişiça, vagonlardan biriga «portlovçi moddalar örnatilgan avtomobil» kelib urilgan va bu «kuçli portlaş» keltirib çiqargan.

Mavjud ma’lumotlarga köra, öz mustaqil davlatini quriş uçun kuraşib keluvçi «Belujiston ozodlik armiyasi» uşbu hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgan.

Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif «qörqoqlarça sodir etilgan terrorçilik akti»ni keskin qoraladi va bu hujum Pokiston xalqining qat’iyatiga daxl qila olmasligini ta’kidladi.

«Halok bölganlarning oila a’zolariga çuqur hamdardlik bildiraman va yaralanganlarning tezroq soğayib ketişini tilayman», – deya qöşimça qilgan u.

Pokiston senati a’zosi va mamlakatning AQŞdagi sobiq elçisi Şerri Rahmon ham hujumni qoralab, qurbonlarning köpçiligi Qurbon hayitini nişonlaş uçun ketayotgan ayollar va bolalar bölganini aytgan.

«Bunday yovuzliklarni sodir etayotganlar şuni bilişlari kerakki, fuqarolarimiz va xavfsizlik kuçlari pölat asosga ega», – degan u.