Jurnalistning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi
Bosh prokuratura Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Unda jurnalistning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilmoqda.
Kodeks loyihasining 184-moddasida jurnalistning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, ya'ni uni axborotni tarqatishga yoki tarqatmaslikka majburlash maqsadida o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib jurnalistga yoxud uning yaqin qarindoshiga zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.
Mazkur harakatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kun.uz saytida “Jazo ketidan jazo. Qonunchilik jarayoni OAVga nisbatan biryoqlama ishlayapti(mi?)” sarlavhali maqola e'lon qilinib, unda jurnalist va bloger faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, so‘z erkinligiga tahdid qilganlik uchun hech qanday qonuniy javobgarlik belgilanmagani, aksincha hadeb ularning mas'uliyatini oshiruvchi, qat'iy talablar qo‘yuvchi qonunlar ishlab chiqilayotgani tanqid qilingandi.
Mavzuga oid
20:58 / 04.11.2024
Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish choralari kuchaytiriladi
22:06 / 01.11.2024
Turkiya parlamenti «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqadi
13:30 / 01.11.2024
G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar soni 182 nafarga yetdi
10:51 / 28.09.2024