Özbekiston Boş prokuraturasi işlab çiqqan Jinoyat kodeksining yangi tahririda, jurnalistlarning qonuniy faoliyatiga tösqinlik qilganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilaş közda tutilgan.
Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi mazkur yangilikni qat'iy qöllab-quvvatlab çiqdi.
«Uşbu çora jurnalistlarning huquqlarini mustahkamlaşga yordam beradi va Özbekistonda söz erkinligini ta'minlaş sari navbatdagi qadam böladi», – dedi fond raisi Komil Allamjonov.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda ommaviy axborot vositalari faoliyatiga tösqinlik qilganlik va jurnalistlarga bosim ötkazganlik uçun javobgarlik belgilanişi prezidentning 2019 yil 27 iyundagi qarorida belgilangan edi.
Boş prokuratura taklif etayotgan yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksining 184-moddasiga asosan:
– jurnalistning qonuniy faoliyatiga tösqinlik qiliş, ya'ni uni biror bir axborotni tarqatişga yoki tarqatmaslikka majburlaş maqsadida öz xizmat mavqeyidan foydalanib, jurnalistga yoxud uning yaqin qarindoşiga zörlik işlatiş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş, –
50–100 BHM jarima yoki 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin.

















