Jazo ketidan jazo. Qonunçilik jarayoni OAVga nisbatan biryoqlama işlayapti(mi?)
|16:47 / 19.02.202117 16410 min
Şavkat Mirziyoyev prezidentlikka kelganidan söng Özbekistonda söz erkinligini ta'minlaşga ham jiddiy e'tibor qaratmoqda. Buning ortidan jamiyatda OAV, şu jumladan, blogerlarning ta'siri sezilarli darajada oşmoqda. OAV vakillari kötargan jiddiy muammolar öz yeçimini topa boşladi. Qiziqçi Hojiboy Tojiboyev ta'biri bilan aytganda, bir xor bölgan kasb bir uluğ böla boşladi. Odamlar jurnalistlar bilan «yengi bilan körişmaydigan» böldi.
Biroq sönggi bir neça oydagi qonun ijodkorligi jarayoni, qabul qilingan qonunlar va qabul qilinayotganlari göyoki jurnalist va blogerlarning har bitta qadamini tahlika bilan bosişga majbur qiliş, xato qiladigan bölsa, şafqatsiz jazolaş siyosati olib borilayotganday taassurot qoldirmoqda. Endilikda jurnalist yo blogerlik xuddi dorboz va sapyor kabi xato qilişga haqsiz kasbga aylantirilayotgandek, göyo.
Qonunlar misolida körib çiqamiz
2020 yil 25 dekabr kuni imzolangan 658-sonli qonun bilan şaxsning qadr-qimmati kamsitilişiga yoki uning obrösizlantirilişiga olib keladigan yoki jamoat tartibiga va xavfsizligiga tahdid soladigan yolğon axborotni tarqatganlik uçun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilandi. Yolğon axborot tarqatiş qoralanadigan harakat, buni OAV yoki blogosfera vakilining özi ham ma'qullaydi. Ammo uşbu huquqbuzarlik uçun belgilangan jazolar bilan tanişgan har qanday inson qonunning ezgu maqsadda işlab çiqilganiga şubhalanib qolsa ajab emas. Jazolar quyidagiça:
Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 202-2-moddasiga köra:
şaxsning qadr-qimmati kamsitilişiga yoki uning obrösizlantirilişiga olib keladigan yolğon axborotni tarqatiş, şu jumladan, OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmoğida tarqatiş – BHMning 50 baravari - 12 mln 250 ming söm;
jamoat tartibiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvçi yolğon axborotni tarqatiş, şu jumladan, OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmoğida tarqatiş – BHMning 50–100 baravari - 12 mln 250 ming sömdan 24 mln 500 ming sömgaça jarima solişga sabab böladi.
Jinoyat kodeksining 244-6-moddasiga köra:
şaxsning qadr-qimmati kamsitilişiga yoki uning obrösizlantirilişiga olib keladigan yolğon axborot tarqatiş – BHMning 150 baravarigaça - 36 mln 750 ming söm miqdorida jarima yoki 240 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 2 yilgaça ozodlikni çeklaş bilan;
Mavzuga oid
jamoat tartibiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvçi yolğon axborotni tarqatiş, şu jumladan, OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmoğida tarqatiş – BHMning 200 baravarigaça - 49 mln söm miqdorda jarima yoki 300 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 2 yilgaça ozodlikni çeklaş bilan jazolanadi.
Uşbu moddaning uçinçi va törtinçi qismlarida yuqoridagi jinoyatlarni javobgarlikni oğirlaştiradigan holatlarda sodir etganlik uçun yana ham oğirroq jazo çoralari – BHMning 400 baravarigaça, ya'ni 98 mln söm jarima yoki uç yilgaça ozodlikni çeklaş belgilangan.
Töğri, tuhmat, haqorat qilganlik uçun ozodlikdan mahrum qiliş jazosini qöllaş bekor qilinganini ham e'tirof etiş lozim, ammo bir oğir jazoni olib taşlab, şunga yaqinroq ğayrihuquqiy qilmiş va yanada oğirroq jazo çoralari kiritilişidan qanday maqsad közlangan?
Eng qiziği, hali jamoatçilik uşbu qonunni hazm qilişga ulgurmay turib, ketidan yangi qonunni qabul qiliş harakati boşlab yuborildi.
«Milliy tiklaniş» va «Adolat» partiyalari tomonidan işlab çiqilgan Jinoyat kodeksi, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks va «Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonun loyihasida:
Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga fuqarolarni Özbekiston qonunçilik hujjatlari talablarini bajarmaslikka yoki buzişga, şu jumladan, OAVdan, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan, internet jahon axborot tarmoğidan, şuningdek, matnni naşr etiş yoki boşqa şaklda köpaytiriş turlaridan foydalangan holda ommaviy da'vat qilganlik uçun 14 mln sömdan qariyb 20 mln sömgaça (BHM 60 baravaridan 80 baravarigaça) jarimani nazarda tutuvçi normalarni kiritiş;
Jinoyat kodeksiga hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga faollik bilan böysunmaslikka, ommaviy tartibsizlikka yoki fuqarolarga nisbatan zöravonlik qilişga ommaviy da'vat qilganlik uçun BHM 100 baravaridan 300 baravarigaça (24 mln 500 ming sömdan 73 mln 500 ming sömgaça!) jarima yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş, xuddi şu harakatlarni bir guruh şaxslar bilan oldindan til biriktiriş orqali yoxud OAVdan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan, internet jahon axborot tarmoğidan, şuningdek, matnni naşr etiş yoki boşqa şaklda köpaytiriş turlaridan foydalangan holda sodir etganlik uçun BHM 300 baravaridan 400 baravarigaça (73 mln 500 ming sömdan 98 mln sömgaça!) jarima yoki 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosini belgilovçi normalar bilan töldiriş taklif etilmoqda.
Şuningdek, uşbu qonun qabul qilinadigan bölsa, blogerlarga bir qator majburiyatlar ham yuklanişi mumkin.
Mazkur qonun loyihasi işlab çiqilişiga, ehtimol sönggi vaqtlarda xorijiy davlatlar, xususan, Belarus va Rossiyada yuz bergan ommaviy tartibsizliklar sabab bölgan bölsa ajab emas.
Rivojlangan davlatlarda jarimalar baland bölişi mumkin, ammo mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori 747 ming söm bölgan davlat uçun loyihada taklif etilayotgan jarimalar balandlik qilmaydimi?
Yana bir haqli savol tuğiladi: nega «davlat xizmatçilarining daromad va xarajatlar böyiça deklaratsiya töldirişga oid qonunlarni qabul qilişga hali tayyor emasmiz» deymiz-u, yuqoridagi qonunlar bir neça kun içida qabul qilib taşlanadi?
Nega davlat xaridlaridagi öyinlar, poraxörlik va boşqa köplab korrupsion jinoyatlar orqali davlatga milliardlab zarar yetkazayotganlarning şaxsini ommaga oşkor qilişni nazarda tutuvçi qonunlar OAV va blogerlarni qörqitib qöyuvçi yuqoridagi qonunlar kabi qisqa fursatlarda işlab çiqilib, qabul qilinmaydi?
Darvoqe, MJtKga yaqindagina kiritilgan norma - davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilikni buzişning eng oğir darajasi uçun (!) BHMning bor yöği 30 baravari miqdorida ma'muriy jarima belgilangan. Yuqoridagi moddalarda esa jurnalist yoki bloger (katta ehtimol bilan)ga eng yengil jazo BHMning 50-60 baravarini taşkil etmoqda, eng oğir jazolarni (BHMning 200-300 baravari) gapirmasa ham böladi. U bunça pulni qayerdan tölaydi, axir qonunni buzgan mansabdorga öxşab davlat xaridlaridagi öyinlardan daromad körmayaptiku! Bu savollar qonun çiqaruvçini umuman qiziqtirmaydi. Aks holda, bu darajadagi kosmik miqdordagi jarimalar belgilanmas edi.
Aslida davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilikni buzganlik uçun jazo belgilovçi normani heç ikkilanmay jinoyat kodeksiga ham kiritiş mumkin edi. Biroq hozirça negadir faqat jurnalist va blogerlarni «ramkada saqlaş»ga qaratilgan jinoiy javobgarliklar joriy etilmoqda. Qonun çiqariş sohasida ikki toifaga bölayotgan ikki xil munosabatni özingiz soliştirib olavering.
Qonunçilikdagi yana bir oğriqli nuqtamiz şundaki, OAV yoki bloger faoliyatiga tösqinlik qilganlik, söz erkinligiga tahdid qilganlik uçun jinoiy tugul hatto ma'muriy javobgarlik ham belgilanmagan. Ularning faoliyatiga tösqinlik qilganlik uçun heç qanday qonuniy javobgarlik belgilamasdan, hadeb ularning mas'uliyatini oşiruvçi, qat'iy talablar qöyuvçi qonunlarni işlab çiqaveriş tarozi pallasi «manfaatdor doira»lar tomonga oğib ketayotganini anglatmaydimi?
Qimmat jarimalarni belgilaşda misol keltirişni yaxşi köradiganimiz xorijiy davlatlar qonunçiligida bu masala qanday tartibga solingan özi?
Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 144-moddasida jurnalistlarning qonuniy kasbiy faoliyatiga tösqinlik qilganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilangan bölib, uşbu qilmiş uçun 6 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan. Rossiya Federatsiyasi Ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeksining 13.16-moddasida OAV materiallarining qonuniy asosda tarqatilişiga tösqinlik qilganlik uçun ma'muriy javobgarlik ham örnatilgan. Şuningdek, Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksining 198-moddasida, Qozoğiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 158-moddasida, Tojikiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 162-moddasida ham jurnalistlarning qonuniy kasbiy faoliyatiga tösqinlik qilganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Belarus qonunçiligi söz erkinligini himoya qiliş masalasida biznikidan şunçalik oldindaki, hattoki tanqid qilgan fuqarolarni ta'qib qilganlik uçun ham jinoiy javobgarlik joriy etilgan. Tojikiston Jinoyat kodeksining 163-moddasi ikkinçi qismida ham şunga öxşaş javobgarlik örnatilgan.
Bizda ham bu masalada qandaydir harakatlar boşlangan, AOKA tomonidan jurnalistning qonuniy professional faoliyatiga tösqinlik qilganlik uçun ma'muriy bölsa-da javobgarlik joriy qiliş böyiça qonun loyihasi işlab çiqilgan edi. Biroq afsuski, loyihaligiça qolib ketdi.
Xulosa örnida aytiş lozimki, jurnalist yoki bloger öz kasbini suiiste'mol qilişini heç kim oqlamaydi. Uşbu holatlarning oldini olişga qaratilgan qonunlarni umumiy miqyosda muhokama qilmoqçi ham emasmiz, ammo ularda bu qadar keskin qarorlarga nisbatan savollar bisyor.
Şuningdek, jurnalist yoki bloger uçun turli-tuman javobgarliklarni joriy qilişda faol bölayotgan partiyalardan ularni himoya qiluvçi, ularning faoliyatiga tösqinlik qilişni sözsiz jazolovçi qonunlarni işlab çiqişda ham mana şunday faol bölişni sörab qolamiz.