27 sentabr, juma kuni Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati («FSB») Kursk oblastida uç nafar jurnalist – AQŞ va Ruminiya fuqarolarining davlat çegarasini noqonuniy kesib ötgani yuzasidan jinoiy iş qözğatdi. Bu haqda TASS davlat agentligi Rossiya maxsus xizmatining Jamoatçilik bilan aloqalar markazi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Işda ayblanuvçilar Avstraliyaning ABC telekanali muxbirlari, AQŞ fuqarolari Fletçer Yang va Ketrin Diss, şuningdek, NotNews rumin jurnalisti Mirça Barbu böldi. Jurnalistlar beş yilgaça qamoq jazosi bilan jazolanişi mumkin. Biroq, ularning barçasi hozirda Rossiyadan taşqarida.
TASSning xabar berişiça, sentabr oyi boşida ukrainalik harbiylar bölgan Sudja şahridan Yang va Dissning reportaji e’lon qilingan. Qayd etilişiça, jurnalistlar Kursk oblastiga Ukraina Qurolli kuçlari askarlari hamrohligida kirib, mahalliy aholi bilan suhbatlaşgan. Mirça Barbuning xuddi şunday mazmundagi reportaji Ruminiyaning NotNews naşri tomonidan çop etilgan.
Bir oy oldin «FSB» DW jurnalistiga qarşi jinoiy iş qözğatdi
27 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi «FSB» Ukraina qöşinlari tomonidan bosib olingan Kursk oblastida syujyetlarni suratga olgan DW nemis media-kompaniyasi muxbiri Nikolas Konnolli va TSN ukrain jurnalisti Natalya Nagornayaga nisbatan jinoiy iş qözğatilganini e’lon qildi.
Konnoli öz reportajida Ukraina Qurolli kuçlari tomonidan jurnalistlar uçun uyuştirilgan safar doirasida Ukraina tomonidan qölga olingan Sudjada bir neça soat bölganini aytdi. DW muxbiri bosib olingan şahardagi vaziyat haqida gapirib, mahalliy aholi bilan suhbatlaşdi.

















