Hujjatda körsatilişiça, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan Moliya vazirligi iştirokida 60 ga yaqin vazirlik, idora va 2 mingdan ortiq davlat iştirokidagi korxonalarning 12 mingdan ortiq uluşlari va köçmas mulk obektlari yalpi xatlovdan ötkazilgan.

Hujjatga köra, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi:

  • 2022 yil 1 mayga qadar Universal Mobile Systems MÇJni baholaş va sotiş jarayoniga xalqaro konsalting, auditorlik va investitsiya maslahatçisi, investitsiya banki yoki boşqa ixtisoslaşgan kompaniyani jalb etgan holda 2023 yil 1 aprelga qadar uni xususiylaştiriş çoralarini köradi;
  • ikki hafta muddatda «Özdonmahsulot» AK tarkibidagi 25 ta don korxonalari 2022 yil 1 iyulga qadar, qolganlarini esa joriy yilning yakuniga qadar bosqiçma-bosqiç savdoga çiqariladi;
  • 2022 yil 1 apreldan boşlab «Özagroservis» AJ va uning tarkibiga kiruvçi taşkilotlarning köçmas mulk obektlari, zarur hollarda, ularni alohida lotlarga bölgan holda, elektron onlayn-auksion savdolariga baholangan qiymatda çiqariladi;
  • 2022 yil 1 aprelga qadar «Özagrolizing» AJning operatsion samaradorligini oşiriş, mavjud qarzdorliklarini tarkibiy özgartiriş, jamiyatning likvidliligi va tölov qobiliyatini ta’minlaşni nazarda tutuvçi «Yöl xaritasi»ni işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlaş uçun kiritiladi.

Şuningdek, qarorda

  • 2022 yil 1 oktyabrga qadar «Qişloq quriliş bank» ATBning aksiyalarini ommaviy joylaştiriş (IPO);
  • 2022 yil yakuniga qadar Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankini jalb qilgan holda «Özsanoatqurilişbank» ATB va «Asakabank» ATBning davlat uluşlari savdoga çiqariş;
  • 2023 yil 1 iyulga qadar AT «Xalq banki», «Mikrokreditbank» ATB, AT «Aloqabank», «Agro bank» ATB, «Özmilliybank» AJ aksiyalarini fond birjasi orqali ommaviy joylaştiriş (IPO) belgilangan.

Şuningdek, hujjatda davlat aktivlarini xususiylaştirişda ularning boşlanğiç narxini e’lon qilmagan holda talabgorlarni muzokaralarga ommaviy taklif qiliş yöli bilan, şu jumladan, professional taşkilotlarni jalb qilgan holda sotiş uslubi joriy etilişi belgilangan. Bunda, professional taşkilotlarni jalb qiliş orqali xususiylaştiriladigan davlat aktivlari röyxati Davlat tender komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.