AQŞ Davlat departamenti Özbekiston prezidentining 6 noyabr kuni Vaşingtonga taşrifi doirasida erişilgan kelişuvlar haqida ma’lumot berdi.

Yerosti qazilmalar

Ma’lum qilinişiça, Özbekistonda AQŞ kompaniyalari bilan birgalikda aniqlangan foydali qazilmalar konlarini özlaştiriş huquqi birinçi navbatda AQŞ kompaniyalariga taklif etiladi.

Tomonlar birgalikda muhim minerallar va nodir ma’danlar sohasida 400 mln dollargaça bölgan qiymatdagi loyihalarni amalga oşiradi.

Energetika

Davlat departamentiga köra, Özbekiston AQŞ energetika kompaniyalaridan kiçik modulli yadro reaktorlarini sotib olişini bildirgan.

Aviatsiya

Özbekiston umumiy qiymati 8,5 mlrd dollar bölgan 22 ta Boeing 787 Dreamliner samolyotlarini xarid qiladi.

Qişloq xöjaligi

Özbekiston keyingi 3 yil davomida AQŞdan 2 mlrd dollargaça qiymatdagi qişloq xöjaligi texnikalari, şuningdek, 2 mln tonnagaça soya dukkaklari va 100 ming dollarlik paxta import qiladi.

Avtosanoat

Keyingi 3 yil davomida AQŞdan 5 mlrd dollarlik avtomobil butlovçi qismlari import qilinişi ham kutilmoqda.

Şuningdek, General Motors bilan hamkorlikni kengaytiriş, AQŞ tomonining UzAuto Motors'ni xususiylaştirişda iştirok etişi imkoniyatlari körib çiqiladi. UzAuto Motors'dagi qariyb 100 foizlik davlat uluşini sotiş uçun ommaviy savdo 2026 yil 1-çorakka belgilangan.

Kimyo sanoati

Air Producs kompaniyasi Özbekistonda metanol işlab çiqarişni yölga qöyiş uçun 3 mlrd dollargaça investitsiya kiritadi.

Metanoldan olefin, kömirdan kimyoviy mahsulotlar olişga qaratilgan mahalliy korxonalarni taşkil etişda Amerika texnologiyalari jalb etiladi.