Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxirida ham issiq harorat davom etadi
O‘zbekistonda dam olish kunlari ham jazirama ob-havo saqlanib qoladi. Harorat kunduzi +40…+43, janubda va cho‘l hududlarda +44, +45 daraja bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda issiq biroz pasayishi - +35…+38 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Foto: Kun.uz
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq va quruq havo oqimlari kirib kelishi davom etadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Kunduz kunlari termometr ustuni +40…+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +44…+45 darajagacha ko‘tariladi.
Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida dam olish kunlari issiq biroz pasayishi kutilmoqda. Yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kunduzi +35…+38 darajani tashkil etadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida asosan bulutsiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kechalari +24…+27 daraja, kunduz kunlari +40…+43 daraja atrofida bo‘ladi.