Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
Bu hafta O‘zbekiston bo‘ylab quruq ob-havo kuzatilishi, tuman tushishi kutilmoqda. Harorat kechalari 0…–5, shimolda –6…–8 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari +6…+12 daraja atrofida bo‘ladi.
Foto: Kun.uz
Yangi yilning birinchi ish haftasida O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Havo harorati kechalari 0…–5 daraja atrofida, shimolda –6…–8 darajagacha, kunduz kunlari 5–8 yanvarda +6…+9 daraja, 9 yanvarda +9…+12 daraja bo‘ladi.
Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 0…–2 daraja, kunduz kunlari 5–8 yanvarda +7…+9 daraja, 9 yanvarda +10…+12 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
23:10 / 15.05.2026
Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi
12:01 / 08.05.2026
Hafta oxirida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
21:00 / 07.05.2026
To‘qqizta hududda sel kelish xavfi e’lon qilindi
18:46 / 07.05.2026