Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har bir xalq ta'limi xodimining elektron portfoliosi shakllantiriladi
“Xalq ta'limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, 2021 yil 1 martdan:
- xalq ta'limi xodimlarining malaka oshirish bo‘yicha ehtiyojlari o‘rganiladi hamda ularning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi tuziladi;
- har bir xalq ta'limi xodimining elektron portfoliosi shakllantiriladi;
- kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, masofaviy va boshqa turlari joriy etiladi.
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:
- malaka toifasini berish va saqlab qolish bo‘yicha maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish yil davomida amalga oshiriladi;
- uzrli sabablarga ko‘ra (mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta'tili va boshqalar) attestatsiyadan o‘tmagan pedagog kadrlar ish faoliyatiga qaytganlariga bir yil to‘lgandan so‘ng attestatsiyaga jalb etiladi va mazkur davr mobaynida ularning malaka toifasi saqlab qolinadi (o‘z tashabbusiga ko‘ra attestatsiyadan o‘tmoqchi bo‘lgan pedagog kadrlar bundan mustasno).
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan xalq ta'limi xodimlari malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan nodavlat ta'lim tashkilotlarining elektron reyestri yuritiladi.
Davlat budjetidan mablag‘lar faqat reyestrga kiritilgan nodavlat ta'lim tashkilotlariga ajratiladi.
Avvalroq, pedagogik bo‘lmagan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun pedagogik tayyorgarlik modullari ishlab chiqilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025