Jahon | 10:20 / 30.03.2026
5907
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti

Kim Chen In shaxsan shunday raketa dvigateli sinovini kuzatdi, u, ta’kidlanishicha, KXDRga AQSh hududidagi nishonlarni urish imkonini beradi. Bir qator ekspertlar esa bu da’voni bo‘rttirilgan deb hisoblamoqda.

Foto: KCNA/REUTERS

Shimoliy Koreya davlat ommaviy axborot vositalari 29 mart, yakshanba kuni, takomillashtirilgan reaktiv raketa dvigateli sinovdan o‘tkazilganini ma’lum qildi. Bildirilishicha, ushbu dvigatel AQSh hududidagi nishonlarga yetib bora oladigan raketalar uchun mo‘ljallangan. Yerda o‘tkazilgan sinov jarayonini KXDR oliy rahbari Kim Chen In shaxsan kuzatgan va u bu ishlanmani mamlakat strategik harbiy arsenalini mustahkamlaydigan “muhim yutuq” deb atagan, deb xabar berdi AP agentligi.

Koreya Markaziy axborot agentligi ma’lum qilishicha, kompozit uglerod materialidan ishlangan ushbu dvigatelning eng yuqori tortish kuchi 2500 kilonyutonni tashkil qiladi. Bu o‘tgan yil sentabr oyida qattiq yonilg‘ili dvigatelning shunga o‘xshash sinovlari chog‘ida Shimoliy Koreya OAV keltirgan 1970 kilonyutonlik ko‘rsatkichdan yuqoridir.

Pxenyan manyovrli, AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan tutib qolinishi qiyinroq bo‘lgan raketalarni yaratishni maqsad qilganini bildirgan bo‘lsa-da, bunday dvigatel raketaga shunchalik uzoq masofaga uchish imkonini berishi haqidagi da’volar bo‘rttirilgan bo‘lishi mumkin, deya qayd etadi ekspertlar. Shu bilan birga, AP ta’kidlashicha, qattiq yonilg‘ili o‘rnatilgan dvigatelga ega raketalarni suyuq yonilg‘ili raketalarga nisbatan ko‘chirish va uchirish oldidan yashirish osonroq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid