ShHT bosh kotibi: «Turli bloklarga qo‘shilmaslik, uchinchi tomonga qarshi harakat qilmaslik tamoyillariga qat’iy rioya qilishimiz kerak»
Shanhay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Ming ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammit oldidan tashkilotga a’zo davlatlar "Shanhay ruhi" va ShHT xartiyasi asosiy maqsadlariga doimo qat’iy amal qilishi lozimligini eslatdi.
"Biz har doim “Shanhay ruhi" va ShHT xartiyasi asosiy maqsadlariga qat’iy rioya qilishimiz, turli bloklarga qo‘shilmaslik, har qanday uchinchi tomonga qarshi harakat qilmaslik asosiy tamoyillariga qat’iy rioya qilishimiz kerak. Tashkilot birdamligini qat’iy ta’minlash va hamkorlikni rivojlantirishga intilish lozim.
ShHT ochiq tashkilot ekanini alohida ta’kidlashni istardim. Biz "Shanhay ruhi" da fikrlovchi va ShHT xartiyasiga amal qiluvchi har qanday mamlakat ShHT oilasiga qo‘shilishi va unga a’zo bo‘lishini qutlaymiz", deydi ShHT bosh kotibi.
Mavzuga oid
16:12 / 12.09.2022
“Samarqand ruhi” – xalqaro hamkorlikning yangi formatini shakllantirishda mustahkam poydevor bo‘lishi mumkin
15:28 / 12.09.2022
IIV Toshkent shahri va qo‘shni viloyatlarga kirish-chiqish yopilishi haqidagi xabarlarni rad etdi
11:13 / 12.09.2022
Shavkat Mirziyoyev: ShHT ayirmachilik unsuridan xoli bo‘lgan jozibador makonga aylanishi lozim
07:50 / 12.09.2022