Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil G‘arbiy sohilning shimoliy qismida yirik harbiy operatsiya boshladi
Isroil armiyasi va ichki xavfsizlik xizmati qo‘shma bayonot bilan chiqib, G‘arbiy sohilda “aksilterror amaliyoti” boshlanganini e’lon qildi. Falastin rasmiylari esa bosqinni “etnik tozalash” deb atayapti. So‘nggi vaqtlarda Livandagi “Hizbulloh”ga qaratilgan harbiy harakatlar va rasmiy Bayrutga bosimlar ham faollashgan.
Isroil armiyasi G‘arbiy sohilning Tubas, Tammun, Aqqaba va boshqa shaharchalarida uyma-uy tintuv o‘tkaza boshladi. Aholining Al-Jazeera'ga aytishicha, harbiy buldozerlar tongga yaqin Tubasga kiruvchi barcha yo‘llarni tuproq uyumlari bilan to‘sib tashlagan. Isroilning “Apache” vertolyotlari esa Tubas atrofidagi bo‘sh maydonlarga ogohlantiruvchi o‘qlar yog‘dirgan.
G‘azodagi urush boshlanganidan buyon G‘arbiy sohilda qurbonlar soni ham sezilarli darajada oshgan. So‘nggi ikki yil ichida G‘arbiy cohilda Isroil kuchlari tomonidan mingdan ortiq falastinlik o‘ldirilgan.
Isroil rasmiylari yangi amaliyot haqidagi bayonotida hududni ibroniycha “Shimoliy Samariya” deb atashgan. 26 noyabrda boshlangan harakatlar yil boshidagi “Temir devor” amaliyoti emas, yangi “aksilterror operatsiya” ekani ma’lum qilingan. HAMAS va “Falastin mujohidlari harakati” Isroilning amaliyotini “etnik tozalash” deb atadi.
“Hizbulloh”ni qurolsizlantirish talabi
26 noyabr kuni Isroil mudofaa vaziri Kats Livandagi vaziyatga doir keskin ogohlantirish bilan chiqdi. Xalqaro urushni o‘rganish instituti mavzu borasida tahlillarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Israel Kats parlamentning Tashqi ishlar va mudofaa qo‘mitasiga bergan bayonotida, agar “Hizbulloh” yil oxirigacha qurolsizlantirilmasa, Isroil Livan hududida harbiy amaliyotlarni kengaytirishga majbur bo‘lishini ta’kidlagan. Katsning aytishicha, Isroilda “boshqa chora qolmaydi” va “kuch ishlatishga majbur bo‘ladi”.
Undan oldinroq, avgust oyida AQSh ham Livan hukumatidan yil oxirigacha “Hizbulloh”ni qurolsizlantirishni talab qilgandi. Livan qurolli kuchlari esa yil oxirigacha faqat Litani daryosining janubida “Hizbulloh”ni qurolsizlantira olishini, mamlakat bo‘ylab buni amalga oshirish uchun 15 oy kerakligini bildirgan.
Isroil esa bundan norozi. Isroillik rasmiylar “Hizbulloh” o‘zini juda tez qayta tiklab olayotganini aytmoqda. Ularga ko‘ra, oktyabr oyi oxirida “Hizbulloh” Suriyadan Livanga yuzlab raketalarni yashirincha olib kirishga muvaffaq bo‘lgan.
So‘nggi haftalarda Isroil mudofaa kuchlari Bikaa vodiysi va Livanning janubida tashkilotga tegishli raketa ishlab chiqarish va saqlash inshootlarini aniqlab, yo‘q qilganini e’lon qilgan edi.
Shunga qaramay, guruh raketa zaxiralariga, Eron bilan barqaror ta’minot aloqalariga, yerosti infratuzilmasiga va tajribali qo‘mondonlik tizimiga ega ekani aytiladi. Mutaxassislar fikricha, bu omillar guruhni qisqa fursatda butunlay yo‘q qilishni deyarli imkonsiz qiladi.
Yil oxiri yaqinlashgani sayin, Isroil va Livan chegarasida vaziyatning yanada keskinlashish ehtimoli ham kuchayib bormoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 01.04.2026
Fransiya prezidenti Falastinning birinchi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
08:33 / 01.04.2026
Tramp: AQSh Eron bo‘yicha maqsadiga yetdi, hujumlar tez orada to‘xtaydi
17:00 / 31.03.2026
Isroil parlamenti «terrorizm»da ayblangan falastinliklar uchun o‘lim jazosi kiritdi
08:37 / 30.03.2026