30 mart kuni qabul qilingan bu qonun bilan – boş vazir Binyamin Netanyahu öta öng radikal ittifoqçilarining va’dasini bajardi.

Reutersʼning yozişiça, qonun faqat «Isroil mavjudligiga çek qöyiş»ni maqsad qilgan qotillikda aybdor deb topilgan isroilliklarga nisbatan qöllanadi, ya’ni u falastinliklar uçun ölim jazosini nazarda tutadi. Ammo şunga öxşaş jinoyatlarni sodir etgan yahudiy millatiga mansub isroilliklar uçun bu qonun taalluqli emas.

Çora-tadbir hukm çiqarilganidan keyin 90 kun içida osiş orqali qatl etişni talab qiluvçi qoidalarni öz içiga oladi. Bunda jazoni ijro etişni biroz keçiktirişga ruxsat beriladi, ammo afv etiş huquqi berilmaydi. Hujjat ölim jazosi örniga umrbod qamoq jazosini tayinlaş imkoniyatini ham közda tutadi, ammo bu faqat aniqlaştirilmagan «maxsus holatlarda» mumkin.

Aslida Isroil 1954 yilda qotillik uçun ölim jazosini bekor qilgan edi. Şunga qaramay, Ğarbiy sohildagi harbiy sudlar falastinlik mahkumlarni allaqaçon ölimga hukm qilişi vakolatiga ega bölgan. Ammo ular buni amalga oşirmay kelayotgandi.

Falastinliklarni kamsituvçi uşbu çoralar – ovoz beriş arafasida sirtmoq şaklidagi nişon taqib yurgan, Isroilning öta öng qanot milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir tomonidan ilgari surilgan. Qonun Knessetning 120 a’zosidan 62 nafari tomonidan qöllab-quvvatlangan.

Itamar Ben-Gvir qamoqxonalarni qayta isloh qiliş jarayoniga rahbarlik qildi, bu esa falastinlik mahbuslarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş haqidagi aylovlarga sabab böldi. Uşbu çoralar – Netanyahu va uning tarafdorlarini tanqid qilib kelayotgan Isroilning Ğarbdagi ittifoqçilari örtasida xavotir uyğotgan navbatdagi qadamdir.

Ovoz berişdan oldin ham uşbu qonun loyihasi Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya taşqi işlar vazirlari tomonidan tanqid qilingan. Ular qonun falastinliklarga nisbatan «de-fakto kamsituvçi» xususiyatga egaligini va «Isroilning demokratik tamoyillari»ga putur yetkazişini ta’kidlagandi.

BMT ekspertlari guruhining ta’kidlaşiça, qonun loyihasida «terrorçi» sözining noaniq ta’riflari mavjud bölib, bu ölim jazosi «haqiqiy terrorçilik bölmagan xatti-harakatlar» uçun ham qöllanişi mumkinligini anglatadi.

Falastinliklar qonunni rad etmoqda