Jahon | 16:40 / 15.01.2017
8096
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev BAAda: U taxt vorisi bilan uchrashib, qator hujjatlarni imzoladi

Nursulton Nazarboyev Birlashgan Arab amirliklariga rasmiy tashrifi uyushtirdi.

U Abu-Dabida valiahd shahzodasi, BAA oliy qo‘mondoni o‘rinbosari shayx Muhammad bin Zayd al-Naxayon hamda boshqa davlat arboblari bilan uchrashdi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolangan.

Ushbu siyosatchining 2017 yildagi ilk xorijiy tashrifi davomida 16 yanvar kuni «Kelajak energiyasi» X xalqaro sammitida ishtirok etish ham ko‘zda tutilgan.

Uchrashuvlar chog‘ida qator hujjatlar, jumladan, konsullik masalalari, moliya, turizm, transport sohalarida memorandumlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, 2005–2016 yillarda BAAning Qozog‘iston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari hajmi salkam 2 milliard dollarni tashkil etgandi.

Mavzuga oid