O‘zbekiston Markaziy banki AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursini 11 iyun uchun 12 674,37 so‘m deb belgiladi. Bu – 2024 yil 5 sentabrdan keyingi davr uchun minimum ko‘rsatkich bo‘ldi.
So‘nggi 2 haftada so‘m dollarga nisbatan 2 foizga mustahkamlanib, 1 AQSh dollari 265 so‘mga arzonlashdi. Yil boshiga nisbatan dollarning arzonlashishi 1,8 foizni tashkil etmoqda.
Bugun, 10 iyun kuni Amerika valutasi aksariyat tijorat banklarida 12 750 so‘mdan 12 780 so‘mgacha bo‘lgan qiymatda sotildi.

So‘mga nima bo‘lyapti?
Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev so‘mning o‘rtacha kursi so‘nggi 7 sessiyada 0,8 foizga mustahkamlangani sabablarini sanab o‘tdi.
Hamkor davlatlar valutalari. So‘nggi kunlarda hamkorlarimiz valutalarining nisbatan mustahkamlanish tendensiyasi kuzatilmoqda. Xususan, iyun oyi boshidan buyon rublning o‘rtacha kursi oldingi 6 sessiyadagi o‘rtacha kursga nisbatan 0,4 foizga mustahkamlangan. May oyidagi o‘rtacha kursga nisbatan esa 1,5 foizga mustahkamlandi.
Tengening o‘rtacha kursi mayga nisbatan 0,3 foizga mustahkamlangan (oy boshi va 10 sana o‘rtasidagi mustahkamlanish esa 0,5 foiz atrofida). Hamkorlarimiz valutalarining mustahkamlanishi ulardan pul o‘tkazmalarining o‘sishiga va milliy valutamiz mustahkamlanishiga zamin yaratadi.
So‘nggi haftada dollar indeksi nisbatan barqaror saqlanayotgan bo‘lsa-da, haligacha nisbatan qadrsizlanish fazada qolmoqda. Xususan, oy boshidan buyon biroz 0,1 foizga qadrsizlangan bo‘lsa-da, so‘nggi bir oyda 2,5 foiz atrofida qadrsizlanganligini









