9 dekabr kuni Abu-Dabi şahrida Özbekiston Respublikasi adliya vaziri örinbosari Xudoyor Meliyev boşçiligidagi vazirlik delegatsiyasi Birlaşgan Arab Amirliklarining Içki işlar vazirligining davlat xizmatlarini körsatişga mas’ul Baxt – saodat departamenti direktori Nasir Xadim bilan uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuvda mamlakatimizda xaqçil davlat xizmatlarini körsatişning huquqiy asoslarini takomillaştiriş borasida amalga oşirilayotgan izçil amaliy çoralar BAAdagi hamkasblar bilan örtoqlaşildi.

Şuningdek, uçraşuv doirasida BAA Içki işlar vazirligining davlat xizmatlarini taşkil etiş va körsatiş faoliyatidagi sönggi yangiliklar bilan yaqindan tanişilib, interaktiv suhbatlar hamda taqdimotlar orqali özaro tajriba almaşildi.

Xususan, davlat xizmatlarini olişda aholining qoniqiş darajasini va soha mutaxasislarining malakasini oşiriş, situatsion markazlarning davlat xizmatlarini takomillaştirişdagi örni, proaktiv xizmatlar hamda onlayn davlat xizmatlarining qamrovini oşiriş mexanizmlari körsatib berildi.

Ma’lumot örnida, BAA tomonidan aholiga körsatiladigan davlat xizmatlari soni 133 tani taşkil etadi.

Şu bilan birga, tomonlar davlat xizmatlarini körsatişni soddalaştiriş, ommabop xizmatlardan mobil ilova orqali foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş borasida tajriba almaşişga kelişib olindi.

Uçraşuv döstona va konstruktiv ruhda ötdi.