Samarqand shahrida 5,5 kilometrli kanatli yo‘l barpo etiladi
Samarqandda Italiyaning Leitner Ropeways kompaniyasi tomonidan sim arqon — kanatli yo‘l barpo etiladi. Bu loyiha Samarqand aeroportining yangi terminali qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida viloyat hokimi E.Turdimov va Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, transport vaziri O.Ramatovga namoyish etilgan.
Loyiha suratlaridan anglashilishicha, uning uzunligi 5570 metrni tashkil etadi va uchta bekatdan iborat bo‘ladi. 1 va 2-bekatlar orasida 29 ta kabina, 2 va 3-bekatlar orasida 61 ta kabina harakatlanadi.
Bekatlar Universitet Xiyobonining oxirida, Ko‘ksaroy maydonida va Ulug‘bek rasadxonasida bo‘lishi mo‘ljallanmoqda. Kabinalar 22 km/soat tezlikda harakatlanadi. O‘tkaziladigan yo‘nalish bo‘ylab Samarqand shahrining tarixiy qismini bemalol balandlikdan tomosha qilish mumkin bo‘ladi.
O‘z muxbirimiz.
Foto: Baxtiyor MUSTANOV.
Mavzuga oid
11:25 / 29.09.2024
Samarqandda beshta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
11:14 / 24.09.2024
Samarqandda Treker piyodalar yo‘lakchasidan velosipedda o‘tayotgan 12 yoshli bolani urib yubordi
19:35 / 09.09.2024
Samarqand shahridagi ko‘pqavatli uyda gaz portladi
12:56 / 05.09.2024