Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahridagi ko‘pqavatli uyda gaz portladi
Bugun soat 17:30 larda shaharning Beruniy ko‘chasida ro‘y bergan hodisa oqibatida ikki kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan. Dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand shahridagi ko‘pqavatli uylardan biridagi xonadonda gaz portladi.
Viloyat FVB axborotiga ko‘ra, voqea 9 sentabr kuni soat taxminan 17:30 larda, shaharning Beruniy ko‘chasi 86-uy 3-qavatidagi xonadonlardan birida ro‘y bergan.
Oqibatda ikki kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan.
“Chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan. Voqea joyiga viloyat va shahar FVB rahbariyati hamda yong‘in-qutqaruv ekipajlari, IIB, Prokuratura, “Hududgazta’minot” va SSB xodimlari chiqishgan.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Mavzuga oid
10:53 / 20.04.2026
Shavkat Mirziyoyev: Narkobiznesni qurol bilan emas, pulsiz qoldirish orqali yengish mumkin
11:22 / 10.04.2026
Samarqandda 8 yillik “muammoli uy”: quruvchi qamaldi, odamlar mo‘jiza kutishda davom etmoqda
15:37 / 25.02.2026
Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi
14:13 / 12.02.2026