Samarqand şahrida bir neçta maşina iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, hodisa 2024 yil 28 sentabr kuni soat 11:15 lar atrofida Samarqand şahar Dahbed köçasida röy bergan.
Beşta transport vositasi iştirokida YTH sodir bölgan.
Hodisa oqibatida heç kim jarohat olmagan va vafot etmagan. Beşta maşina turli darajada şikastlangan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Samarqand şahri IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uçun,Samarqand şahri Dahbed köçasi har doim tiqilinç böladi. Bu yerda Samarqand viloyatining bir neça tumanlariga qatnaydigan taksiçilar joylaşib olgan. Şahar va viloyat darajasidagi mas’ullar bu yerdagi tiqilinçga bir neça yildan buyon panja orasidan qarab kelişadi.








