Semestrni yopa olmagan talabalar qo‘shimcha pul to‘lab, 3-semestrda o‘qishi mumkin bo‘ladi
O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalarida fanlardan baho olmagan talabalar uchun 3-semestr ham tashkil etiladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov ma'lum qildi.
Uning aytishicha, 2020/21 o‘quv yilidan boshlab OTMlarda ta'lim jarayonini kredit-modul tizimida tashkil etish boshlanmoqda. Ilgari o‘quv haftalari 38–40 hafta atrofida bo‘lgan, kredit-modul tizimi joriy etilgach, bu muddat 36 haftaga tushdi.
Endilikda bir semestr jami 18 haftadan iborat bo‘lib, shundan 15 hafta – o‘quv haftasiga, 2 hafta – talabalar uchun o‘zlashtirilmagan fanlarni o‘zlashtirishga, bir hafta – yangi fanlar va o‘qituvchilarni tanlashga ajratiladi.
«Tizimda talabalarning arizasiga ko‘ra, fanlardan baho olmaganlar uchun 3-semestr ham tashkil etiladi. Uchinchi semestr uchun ariza bergan talabalar belgilangan tartibda qo‘shimcha to‘lov qiladi. Bu semestr yozda o‘tkaziladi. Hozircha bu tizim bo‘yicha savollar bo‘lyapti, ammo uch yildan so‘ng barcha bu tizimga to‘liq moslashadi», – dedi vazirlik vakili.
Mavzuga oid
19:34 / 05.04.2024
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga yangi rektor tayinlandi
15:31 / 05.04.2024
Magistratura bosqichiga chet tili sertifikati talabi qo‘yilgani sabab OTMlar moliyaviy zarar ko‘rgan – hisobot
12:36 / 29.03.2024
“Bu holatga endi yo‘l qo‘yilmaydi” - vazirlik OTM xodimlaridan ma’lumotlarni kirill yozuvida berishni so‘rab yozgan xatiga munosabat bildirdi
16:43 / 09.03.2024