Talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.

Endilikda 1-kurs talabalari ham davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ariza yuborishlari mumkin.

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 20 avgust kuni xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, yuqori bosqich talabalaridan yotoqxonaga arizalar qabuli 1 avgustdan boshlangan edi.