Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CLICK kartadan kartaga mablag‘ o‘tkazish xizmatini ishga tushirdi
CLICK mobil to‘lovlar tizimi O‘zbekiston banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan bir plastik onlayn karta hisobidan ikkinchisiga pul mablag‘larini o‘tkazish xizmatini ishga tushirdi.
Ayni vaqtda "Aloqabank" va "Agrobank" aksioner-tijorat banklarning mijozlari bunday imkoniyatdan foydalana olishlari mumkin.
Kompaniya bundan buyog‘iga hamkor-banklar ro‘yxatini kengaytirish niyatida.
O‘tkazmalar *880*karta_raqami*summa# yoki *880*3*telefon_raqami*summa# USSD-so‘rovlari orqali amalga oshiriladi. Ta'kidlab o‘tish joiz, telefon raqami operator kodi bilan birga ko‘rsatilishi (masalan, 90XXXXXXX) lozim.
Yaqin vaqt ichida ushbu imkoniyat ilovalarda ham paydo bo‘ladi.
Plastik kartadan pul o‘tkazmasi amalga oshirilgan paytda jo‘natgan foydalanuvchidan 2% miqdorida xizmat haqi ushlab qolinadi.
“Yuqorida ko‘rsatilgan plastik kartalar o‘rtasidagi o‘tkazmalarga talab juda katta. Va, shuning uchun, foydalanuvchilarimizga bugungi kundan boshlab shunday imkoniyat joriy qilinganini mamnuniyat bilan xabar qilmoqdamiz”, - deb ta'kidladi CLICK kompaniyasining Bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.
Ushbu xizmat CLICK kompaniyasida qabul qilingan foydalanuvchilar uchun plastik kartalari va hisoblarni, shu bilan birga, har kunlik to‘lovlarni boshqarishda turli qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan rivojlanish strategiyasi doirasida ishga tushirildi.
Mavzuga oid
20:07 / 26.04.2021
Telegram’da Payme va CLICK yordamida karta orqali to‘lov qilish imkoniyati paydo bo‘ldi
20:00 / 07.01.2021
UNG Petro AYoQSh tarmog‘ida CLICK orqali to‘lash va Cashback olish imkoni joriy qilindi
10:58 / 28.09.2020
CLICK barcha to‘lovlardan 2%gacha Cashback qaytarmoqda
15:00 / 11.07.2020