Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xivada IIB xodimi pora olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi
Xiva shahri hududida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekish uchun ajratilgan 12 sotix yer maydonida uy-joy qurishga ruxsat olib berishni va’da qilgan IIB xodimi fuqarodan 30 ming AQSh dollari olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Foto: DXX
Xorazm viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmatining katta tezkor vakili Xiva shahri hududida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekish uchun ajratilgan 12 sotix yer maydonida uy-joy qurish bo‘yicha ruxsat olib berishni va’da qilganlikda gumonlanmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u hokimiyat idoralarida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali mazkur masalada “ruxsat”ni hal qilib berishini aytib, buning evaziga fuqarodan 30 ming AQSh dollari olgan.
Mazkur mablag‘ni olish jarayonida Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar vazirligining Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Natijada gumonlanuvchi shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, tergov organi qaroriga ko‘ra, gumonlanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Shu kabi yer munosabatlari bilan bog‘liq yana bir holat Farg‘ona viloyatida ham qayd etilgan. U yerda ikki shaxs imtiyozli shartlarda ajratilgan jami 3 gektar yer maydonini “tanishlar orqali” xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, pul talab qilgan vaqtda qo‘lga olingan. Ushbu holat bo‘yicha ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
08:20 / 22.12.2025
Toshkentda advokat 2 ming dollar olayotganda ushlandi
13:04 / 20.12.2025
Navoiyda universitet mansabdori pora bilan ushlandi
20:51 / 17.12.2025