Sirdaryoda soliq organi mansabdor xodimi pora olishda gumonlanib, tezkor tadbirda qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi shu’ba boshlig‘i zargarlik buyumlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJ go‘yoki 1 mlrd so‘mdan yuqori savdo aylanmasini yashirib, majburiy to‘lovdan bo‘yin tovlagani vaji bilan unga nisbatan sun’iy shakllantirilgan 145 mln so‘m jarimani qo‘llamaslikni, shuningdek, kelgusi faoliyatida rahnamolik qilishni aytgan. U bu “xizmati” evaziga MChJ rahbaridan 10 mln so‘mlik tilla taqinchoqni olgan vaqtida tezkor tadbirda ushlangan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fuqarolardan kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelganda DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berish so‘ralgan.

Avvalroq Farg‘onada soliqchi 20 ming dollar bilan ushlangandi.