O‘zbekiston | 12:45 / 12.05.2021
2227
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istondagi universitetga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan 3 nafar firibgar 3 ming dollar va 20 mln so‘m bilan ushlandi

Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Fuqaro I.J., J.X. va D.X. oldindan til biriktirib, fuqaro D.ni Qoraqalpoq davlat universitetining Jismoniy tarbiya fakultetiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming AQSh dollari qiymatida 3 ming AQSh dollari va 20 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq NDPI Ellikqal'a filialiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 2 500 dollar olgan firibgar ham ushlangandi.

Mavzuga oid