Yirik avtofiribgar Turkiyada uşlanib, Özbekistonga yuborildi. Bu haqda Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Turkiya va Özbekiston Içki işlar vazirliklari hamkorligida Istanbul şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda 1979 yilda tuğilgan Jahongir Hasanboyev qölga olingan. U avtomobil oldi-sotdisi sohasida köplab firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2014 yildan buyon qidiruvda bölgan.

Hasanboyev Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xodimlari iştirokida Özbekistonga deportatsiya qilingan.

“Jinoiy javobgarlikdan qoçib xorijiy davlatlarda, şu jumladan Turkiyada yaşirinib yurgan har bir şaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izçil ravişda davom ettiriladi va jinoyat uçun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

Jahongir Hasanboyevning xatti-harakatlaridan jabr körgan fuqarolardan Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasiga yoki Içki işlar vazirligi va uning quyi tizimlariga murojaat qiliş söralgan.

Oldinroq Interpol qidiruvida bölgan özbekistonlik Qirğizistonda qölga olingani xabar qilingandi.