Qashqadaryoda yuzlab odamlarni qariyb 6,5 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlar qidirilmoqda
Ular bir oy ichida 600 dan oshiq odamni chuv tushirib, qochib ketgani aytilmoqda.

Foto: Videodan kadr
Qashqadaryo viloyatida 600 nafardan ziyod fuqaroni qariyb 6,5 milliard so‘mga chuv tushirgan firibgarlar qidirilmoqda. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida 1993 yilda tug‘ilgan S.N. 2023 yil 19 sentabr kuni Qarshi shahrida “Qarshi kredit” MChJni tashkil etgan.
U MChJga 1999 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan S.J.ni ish boshqaruvchi etib tayinlagan. Biroq S.J. savdo-sotiq, reklama va boshqa aholiga xizmat ko‘rsatish ishlari bilan shug‘ullanishi lozim bo‘lsa-da, g‘ayriqonuniy ravishda ko‘plab fuqarolarning pul-mablag‘larini kredit berish orqali jalb etishga erishgan.
S.J. jinoiy sheriklari bilan birgalikda juda ko‘p mablag‘larni o‘zlashtirish maqsadida odamlarga dastlabki to‘lov evaziga kreditga pul berishga kelishib, oldindan boshlang‘ich to‘lov sifatida pulning 20 foizini olib, qolgan, va’da qilingan pullarni mijozlarga bir oy ichida naqd pul ko‘rinishida berishini aytib, mijozlarining ishonchini qozongan.
Shundan so‘ng mijozlar bilan shartnoma imzolab, pullarni olib qolishadi va ularni hisob raqamlariga o‘tkazganday ko‘rsatishadi. Shu tariqa 2023 yil 19 sentabrdan 2023 yil 26 oktyabrgacha bir oydan ko‘proq vaqt davomida 606 nafar odamdan 6 mlrd 462 mln 550 ming so‘m pullarni qabul qilib olgan.
So‘ng juda ko‘p miqdordagi pullarni naqd pul ko‘rinishida o‘zlashtirib, o‘zlarining shaxsiy manfaatlari uchun ishlatib yuborgan.
Holat yuzasidan 2023 yil 4 oktyabr kuni Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, gumonlanuvchilar S.N. va S.J. noma’lum tomonga yashiringani sababli ularga nisbatan sirtdan qamoq ehtiyot chorasi tayinlanib, qidiruv e’lon qilingan.
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Haydar Aliyev va Ozarboyjon qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi
O‘zbekiston | 16:09
-
Raqobat qo‘mitasi Kia Sonet reklamasidagi qonunbuzilish sabab Roodell'ni jarimaga tortdi
Jamiyat | 16:07
-
Kurskda Rossiya harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni o‘rinbosari halok bo‘ldi
Jahon | 16:00
-
NYT: AQSh yangi sanksiyalarining yo‘qligi eskilari ta’sirini pasaytiryapti
Jahon | 15:55
Mavzuga oid

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025
Qashqadaryodagi ikkita do‘konda yong‘in chiqdi

12:58 / 28.06.2025
Malayziya Qashqadaryoda kichik gidroelektr stansiyalarini quradi

19:16 / 20.06.2025