Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarzdorlik MIB orqali tekshirilgach tuziladigan bitimlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 may kungi «Energiya resurslarini iste'mol qilish, suv ta'minoti va suv chiqarish xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, ijro ishini yuritish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi №379-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorning 1-ilovasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi ma'lumotlar bazasi orqali faqat qarzdorlik tekshirilgandan keyin sodir etiladigan yirik bitimlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati keltirib o‘tilgan.
Ya'ni, quyida ro‘yxati keltirilayotgan bitimlar tuzishda va xizmatlar ko‘rsatishda energiya resurslari, suv ta'minoti va suv chiqarish xizmatlari bo‘yicha qarzdorlik Majburiy ijro byurosi bazasi orqali yo‘qligi aniqlanganidan so‘nggina amalga oshiriladi.
- Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash (oldi-sotdi, ijara, hadya, ishonchnoma berish, ishonchli boshqarish va shu kabilar)
- Avtotransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash (oldi-sotdi, ijara, lizing, hadya, ishonchnoma berish va shu kabilar)
- Yangi avtotransport vositalarini, shu jumladan lizing shartnomalari bo‘yicha sotish.
- Ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini sotib olish uchun kreditlar berish, shu jumladan, ular bo‘yicha lizing operatsiyalari
- Ijro hujjatlar bo‘yicha elektron-onlayn auksionlarda mulkni sotish (elektron onlayn auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalar qabul qilish)
- Xususiylashtiriladigan ko‘chmas mulk obektlarini, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat ulushlarini hamda davlat mulkini ijaraga berish huquqini elektron onlayn-auksionlarda sotish (elektron onlayn auksionda ishtirok etish uchun buyutmanomalar qabul qilish)
- Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va tegishli guvohnoma berish
- Binolar, inshootlar va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va tegishli guvohnoma berish.
- Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi kadastr ishlarini tayyorlash
- Xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari ko‘rsatish uchun aviachiptalar sotish (O‘zbekiston Respublikasiga aviachiptalardan tashqari)*
- Xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari ko‘rsatish uchun temir yo‘l chiptalari sotish (O‘zbekiston Respublikasiga temir yo‘l chiptalaridan tashqari)*
- Chet elga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi stikerini rasmiylashtirish*
- Avtotransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish
- Avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini berish va almashtirish
- Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish va qayta rasmiylashtirish, shuningdek, litsenziyalarni qayta tiklash va ularning amal qilish muddatini uzaytirish.
*) Qarzdorlikni tekshirish sud yoki davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan chiqishga vaqtinchalik cheklov o‘rnatilganligi mavjudligi yuzasidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
11:57 / 21.05.2025
Davlat ijrochilari ijro yig‘imi hisobidan moddiy rag‘batlantiriladi
17:27 / 17.11.2023
Toshkentda 44 bor radarga tushgan haydovchining mashinasi xatlandi
16:51 / 03.06.2021
Jizzaxda qarzdor qarzi evaziga uyidagi jihozlarni olib ketgan MIB xodimlarini kaltakladi
09:06 / 27.04.2021