«Asaka bank» foydasiga solidar tartibda 288 mln 122 ming söm qarz va davlat foydasiga 11 mln 523 ming söm davlat boji undiriş haqidagi ijro hujjatlari böyiça qarz tölanmagaç, MIB Zomin tumani bölimi davlat ijroçilari Yo.Ummatov, M.Mirzayev va boşqalar 2021 yilning 24 aprel kuni qarzdorning xonadonidan 1 dona «Roison» televizori, 1 dona «Samsung» mikrotölqinli peçi va 1 dona «Samsung» çangyutgiçini qarz evaziga xatlab olib ketişgan.
MIB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, voqeaning ertasiga, ya'ni 25 aprel kuni qarzdor şaxs davlat ijroçisi M.Mirzayevga qönğiroq qilib, qarzini tölab berişni va'da qilgan. U Yo.Ummatov va M.Mirzayevni «Cobalt» rusumli avtomaşinasida ovloq joydagi pişiq ğişt işlab çiqariş sexiga olib borib, davlat ijroçilariga örtaça oğirlikdagi tan jarohati yetkazgan.
«Xodimlarga tuman tibbiyot birlaşmasida birinçi tibbiy yordam körsatilib, davlat ijroçisi Yo.Ummatovga pastki lab içki yuzasi yorilişi, burun yopiq jarohati, davlat ijroçisi M.Mirzayevga yuqori va pastki lab jarohati, böyin örta ölçamli yopiq jarohati, öng bel qismi yopiq jarohati taşxisi qöyilgan.
Sodir etilgan holat böyiça 19 may kuni Zarbdor tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) bilan jinoiy iş qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda», deya ma'lum qildi MIB axborot xizmati rahbari Farrux Toşpölatov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qamaşida iş faoliyatini bajarayotgan MIB xodimiga nisbatan keskin qarşilik körsatgan qarzdor fuqaro va uning qarindoşlariga jinoyat işi qözğatilgandi.
















