O‘zbekiston | 18:00 / 07.12.2017
24955
2 daqiqa o‘qiladi

1 yanvar​dan boshlab “DUET” kartalari orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi​

Foto: UzReport

2018 yilning 1 yanvar kunidan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan “DUET” kartalari orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi. Bu haqda Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi​ Axborot xizmati xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, “DUET” kartalari bugungi kun talablariga javob bermayotgani va quyida keltirilgan bir qator omillar bunday qaror qabul qilinishiga sabab bo‘ldi:

- mobil ilova, SMS-xabarnoma va balansni tekshirish xizmatlarini  o‘rnatish imkoniyati mavjud emasligi;

- yo‘qotilgan va o‘g‘irlangan “DUET” plastik kartalarini qayta tiklash uchun  kamida 20 kun talab qilinishi;


- operativ ravishda kartani blokka tushirish imkoniyati yo‘qligi. Agarda “DUET” kartasi yo‘qotilgan yoki o‘g‘irlangan bo‘lsa, uni faqat bank orqali bloklashtirish mumkin. Bank o‘z navbatida, ushbu kartani “stop-list” ga kiritish uchun yana qo‘shimcha vaqt sarflaydi. Tezkorlikning yo‘qligi sababli, bloklanmagan kartadan tranzaksiyalar amalga oshirilishi, natijada  esa karta egasi moliyaviy zarar ko‘rishi mumkin.
Ma'lumot uchun, “UzCard” banklararo to‘lov tizimi joriy yilning 3-choragida  DUET (“offlayn”)  kartalar orqali amalga oshirilgan banklararo tranzaksiyalarning umumiy soni 14,2 ming tranzaksiyadan iborat bo‘lib, 16,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi. O‘tgan yilning shu vaqt oralig‘ida banklararo tranzaksiyalarning umumiy soni 1,9 mln. bo‘lib, miqdori esa 1,06 trln. so‘mni ni tashkil qilgan.​

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов

Mavzuga oid