Özbekiston “Tinçlik kengaşi”ga qöşildi: şimoldagi hurujlarga qaramay, köp vektorli taşqi siyosat davom etmoqda. Iqtisodiy ösiş tezlaşdi, lekin...: aksar aholi uçun samolyotda uçiş orzuligiça qolyapti. Bank kartalari böyiça yangiliklar: oddiy qilib aytganda, nima özgaradi? Eski maşinalarga taqiq, sun’iy intellektga oid javobgarlik va pasayişi kutilayotgan dori narxlari...
Ortda qolgan haftaning Özbekiston hayotiga oid asosiy xabarlari – Kun.uz dayjestida.
2025 yilgi YaIM ösişi – 7,7 foiz
Özbekistonda 2025 yilgi iqtisodiy ösiş barça prognozlarda aytilganidan ham kattaroq bölib çiqdi. Statistika qömitasi taqdim etgan dastlabki ma’lumotlarga köra, ötgan yili mamlakat yalpi içki mahsulot 7,7 foizga oşgan. Ma’lumot uçun, hukumat noyabr oyining oxirgi haftasida ham yillik ösiş roppa-rosa 7 foiz bölişini kutayotgan edi.
Rasmiy statistikaga köra, Özbekiston iqtisodiyotining 2025 yilgi hajmi 1 kvadrillion 850 trillion sömga yetgan. Bu – örtaça kurs böyiça 147 mlrd dollar demakdir. Jon boşiga YaIM – 48,4 mln söm yoki 3845 dollar. Iqtisodçilar bunday yuqori ösişni oltin narxi, investitsiyalar oqimi va davlat xarajatlarining ortib borayotgani kabi omillar bilan boğlayapti.
Inflatsiya esa 7,3 foizga tuşgani qayd etildi. Ötgan yili oziq-ovqatlar 5,5 foizga, nooziq-ovqat tovarlar 5,1 foizga qimmatlagan bölsa, xizmatlar inflatsiyasi 13,9 foiz bölgan. Muhim oziq-ovqatlardan suyaksiz mol göşti 25 foizga qimmatlagani e’tiborga molik. Rasmiy statistikadan farqli ölaroq, Markaziy bank sörovida qatnaşgan özbekistonliklar ötgan yili 12 foizlik inflatsiyani his qilganini bildirgan. Xususan, Toşkent şahrida yaşovçilar 2025 yilda narx-navo 14 foizdan köproqqa oşganini aytyapti.
Bu hafta Uzbekistan Airports kompaniyasi ham ötgan yilgi faoliyati böyiça ayrim raqamlarni taqdim etdi. Unga köra, 2025 yilda Özbekiston aeroportlaridagi reyslar 14 foizga oşib, 129 mingtaga yetgan; aeroport xizmatidan foydalangan yölovçilar soni esa 15 foizga köpayib, 15,5 million nafarni taşkil etgan. Taqqoslaş uçun, 20,4 million aholiga ega Qozoğiston aeroportlari 2025 yilning 10 oyida 26,6 mln yölovçiga xizmat körsatgan.
Aynan aviatsiyadagi raqamlarga alohida töxtalayotganimiz bejiz emas. Çunki iqtisodiy ösiş bevosita aholi turmuş darajasida, xususan samolyotda uçişga qurbi yetadigan aholi qatlamining kengayib borişida ham aks etişi kerak. Uzbekistan Airports keltirgan ma’lumotlardan parvozga qurbi yetayotgan vatandoşlar sonini anglab bölmaydi, lekin mulohaza qiliş uçun ayrim raqamlar yöq emas. Rasmiy statistikaga köra, ötgan yili mahalliy va xorijiy aviaçiptalar narxi qariyb 22 foizga qimmatlaşgan. 9 oylik yakunlari böyiça jon boşiga aholi daromadlarining nominal ösişi esa, qariyb 16 foizni taşkil etgan. Bundan kelib çiqilsa, 2025 yilda örtaça özbekistonlikning aviaçipta xarid qiliş qobiliyati pasaygan yoki eng kamida oşmagan bölişi mumkin.
“Sayyohlar Özbekistonga 700-900 dollarga uçib kelyapti” — tadbirkor
P2P ötkazmalar böyiça yangi qoidalar
Agar odamlar örtasida bank kartasi orqali pul aylanmasining qançalik erkin, oson va tezligini baholovçi reyting tuzilsa, Özbekiston şak-şubhasiz eng yuqori örinlarda turgan bölardi. Şunday şaroitda, firibgarlik bilan boğliq kiberjinoyatlar sonining keskin ösişi – rasmiylarni bu borada muayyan özgarişlar qilişga majburlayapti.
Çorşanba kuni jismoniy şaxslarga onlayn şaklda moliyaviy xizmatlar körsatişda firibgarlik holatlarining oldini olişga qaratilgan Markaziy bank nizomi davlat röyxatidan ötkazildi. Hujjat 3 oydan keyin kuçga kiradi.
Ma’lumki, hozir banklar va tölov taşkilotlarining ilovalariga mutlaqo begona odamlarning ham kartasini ulab işlatiş mumkin – kartaning SMS-xabarnoma xizmati yoqilgan telefon raqam foydalanuvçining raqami bilan mos kelsa bölgani. Yangi nizom bilan, ana şu doira torayadigan böldi: endi foydalanuvçi ilovaga faqat özining va yaqin qarindoşining nomidagi kartani ulay oladi. Uzoq qarindoşlar yoki begonalarning kartasini esa biriktirib bölmaydi. Aftidan, bu qoida – kartasidan foydalaniş imkonini firibgarlarga sotadigan “dropper”larga qarşi qaratilgan.
Bundan taşqari, endilikda jismoniy şaxslar bank yoki tölov taşkilotining ilovasidan röyxatdan ötayotganda, faqat özining nomidagi SIM-kartadan foydalana oladi. Agar SIM-karta boşqa odamning nomida bölsa, foydalanuvçini röyxatdan ötkaziş rad etiladi. Qolaversa, ilovaga yangi kartani ulamoqçi bölsangiz, şunçaki SMS-kodni kiritişning özi yetarli bölmaydi: endi karta ulaş uçun Face-ID'dan ötiş ham kerak.
Yangi qoidalarga köra, foydalanuvçi öz akkauntiga boşqa smartfondan kirsa yoki parolni qayta tiklasa, akkauntga ulangan barça bank kartalari ilovadan uziladi va moliyaviy operatsiyalar tarixi öçib ketadi. Şundan keyin kartani boşqatdan biriktiriş uçun biometrik identifikatsiyadan ötiş va moliyaviy operatsiya bajariş uçun 1 soatlik “muzlaş” davrini kutişga töğri keladi. Agar biror bir amaliyotni tasdiqlaş uçun telefonga yuborilgan SMS-kod 3 marta notöğri kiritilsa, foydalanuvçining ilovadagi harakatlari 15 daqiqaga çeklab qöyiladi. SMS-kod faqat raqamlardan emas, ham raqamlar, ham harflar aralaşmasidan iborat böladi.
Nizomga onlayn kreditlar böyiça ham muhim qoida kiritildi. Unga köra, agar fuqaroning nomiga onlayn kredit firibgarlik natijasida olingan bölsa va u tergovçi, prokuror yoki sud tomonidan jabrlanuvçi deb e’tirof etilsa, bank bu holat böyiça jabrlanuvçini tinç qöyişi kerak. Kutilmalarga köra, bu qoida banklarning mas’uliyatini oşiradi, çunki endi ular pul yöqotmaslik uçun qarzni aynan mijozning özi sörayotganiga yanayam köproq işonç hosil qilişi kerak. Albatta, agar bank: “Heç qanaqa firibgarlik bölmagan, qarzni fuqaroning özi olgan” deb hisoblasa, tegişli tartibda bahslaşiş huquqiga ega.
Hafta davomida fintex sohasiga oid yana bir jiddiy yangilik parlamentda yangradi. Bir paytlar Telegram, Instagram, YouTube kabi eng maşhur platformalarning Özbekistonda bloklab qöyilişiga sabab bölgan “Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida”gi qonunning öşa maşhur moddasi vanihoyat özgartirilyapti. Seşanba kuni deputatlar tegişli qonunni qabul qilib, Senatga yubordi. Yumşatişlarga köra, şaxsga doir ma’lumotlarning ayrim turlarini xorijda ham saqlaş va qayta işlaşga ruxsat beriladi.
Bu özgariş – raqamli iqtisodiyot rivojiga tösiqlardan birini olib taşlaydi va Özbekistonning jahonga oçilişida yana bir qadam böladi: masalan, Apple Pay va Google Pay'ning yurtimizga kirib kelişiga yöl oçiladi.
Dugin – Özbekiston suverenitetiga qarşi
Rossiyada Markaziy Osiyo suverenitetiga oçiqçasiga qarşi çiqqan propagandaçilar safiga mafkuraçi Aleksandr Dugin ham qöşildi. Uning umumlaştirib ötirmay, aniq qilib Özbekiston nomini tilga olgan uydirmasi yangragan paytda, Vladimir Solovyovning Markaziy Osiyoda ham maxsus harbiy amaliyot ötkaziş haqidagi bir neça kun oldingi tahdidi hali sovib ulgurmagan edi.
Solovyovga öxşab, Dugin ham Kremlga juda yaqin şaxslardan. U öz çiqişida “milliy davlatlar davri tugagani” haqida safsata söqib, agar Markaziy Osiyoni Rossiya nazorat qilmasa, bu hududni yo Ğarb, yo Xitoy egallaşini iddao qildi.
“Şu sababli suveren Armaniston yoki suveren Gruziya yoki suveren Ozarboyjon, suveren Qozoğiston, suveren Özbekiston, Tojikiston, Qirğiziston mavjudligiga rozi bölib bölmaydi. Uşbu yangi modelda heç qanday suveren narsa mavjud bölişi mumkin emas. Tamom, suverenitet tugadi, milliy davlatlar ötmişda qoldi”, – dedi Dugin.
Taşqi işlar vazirligi bu bayonotni ham ommaviy makonda javobsiz qoldirdi. Lekin diplomatlarimiz, keyinroq paydo bölgan boşqa bir holatni e’tiborsiz qoldirmadi: vazirning matbuot kotibi Ahror Burhonov boksçi Ruslan Çagayevning Nikolay Valuyevga javobini öz kanalida ulaşişni lozim topdi (post hozirda öçirilgan).
Gap şundaki, Solovyov va Duginning bayonotlaridan keyin, Telegram-kanallarda Rossiya Davlat Dumasi deputati Nikolay Valuyevning videosi tarqaldi. Bu videoning haqiqiyligi hozirça töla tasdiqlanmagan, ayrim manbalar uni sun’iy intellekt mahsuli bölişi mumkinligi aytyapti. Videoda sobiq boksçi “Rossiyani hali köp maxsus harbiy operatsiyalar kutayotgani”ni aytib, Duginning gaplari “100 foiz töğri” ekanini ta’kidlaydi.
Öz vaqtida Valuyevni ringda mağlub etib şov-şuv kötargan boksçimiz Ruslan Çagayev bunga javoban, agar video haqiqiy bölsa, sobiq raqibini yana jangga çorlaşini bildirdi.
“Aşi paytda unga tekkan zarbalar endi ta’sir qilyapti, şekilli... Valuyevning kallasini joyiga qöyiş uçun yana bir jang kerak bölsa, men tayyorman”, dedi Çagayev.
Turkiyadagi uçraşuvlar va “Tinçlik kengaşi”ga a’zolik
Akillayotgan oğizlarga nisbatan vazminlikni afzal körayotgan rasmiy Toşkent, ayni paytda köp vektorli siyosatini davom ettiryapti va bu siyosatdan voz keçmasligini oçiq körsatyapti. Joriy haftada Özbekiston taşqi işlar, içki işlar va mudofaa vazirlari hamda DXX raisi Turkiyada bölib qaytdi. Ular prezident Erdöğanning qabulida böldi; öz hamkasblari bilan ikki tomonlama muzokaralar ötkazdi.
Taşrif doirasida Anqarada Özbekiston–Turkiya Qöşma strategik rejalaştiriş guruhining 4-yiğilişi bölib ötdi; idoralararo kelişuvlar imzolandi. Xususan, Mudofaa vazirliklari örtasida 2026 yil uçun harbiy hamkorlik rejasi tasdiqlandi. Özbekiston tomonining bayonotiga köra, Turkiya mudofaa sanoati va harbiy tajribasi Özbekiston armiyasining salohiyatini oşirişda muhim örin tutadi.
Özbekiston AQŞ prezidenti Donald Trampning “Tinçlik kengaşi”ga qöşilgani – köp vektorli taşqi siyosatning yana bir tasdiği böldi. Payşanba kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Şveytsariyaning Davos şahriga safar qilib, kengaş nizomini imzoladi. Nizomga jami 20 ta davlat, xususan Qozoğiston, Ozarboyjon, Turkiya va boşqa bir qator musulmon davlatlari ham imzo çekdi.
Ğazoda tinçlik örnatişga qaratilgan “Tinçlik kengaşi” – prezident Trampning noyob şaxsiyatiga boğliq bölib, köproq deklarativ xususiyatga ega ekani aytilyapti. Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimovga köra, bu kengaşga qöşiliş Özbekiston zimmasiga biror-bir oğir mas’uliyatni yuklamaydi, şunçaki hozirgi AQŞ ma’muriyati bilan aloqalar iliq saqlanib qolişini ta’minlaydi xolos.
Prezident maslahatçisi Abdulaziz Komilov bu borada izoh berarkan, uçta omilni sanab ötdi.
“Savol tuğiladi: biz nima uçun bu taşabbusni qöllab-quvvatladik? Birinçidan, xavfsizlik nuqtayi nazaridan, albatta, bizning manfaatlarimiz bor. Ikkinçidan, kengaş oldida turgan vazifalar, maqsadlar bizning taşqi siyosatimizning asosiy tamoyillariga töliq javob beradi va mos keladi. Uçinçidan, haqiqatdan ham bu mintaqada juda jiddiy hayotiy manfaatlarimiz bor”, – deya tuşuntirdi Kamilov.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Işlab çiqarilganiga 50 yildan oşgan avtomobillarga taqiq kiritilyapti. Seşanba kuni imzolangan hukumat qaroriga asosan, 1 fevraldan boşlab “yoşi” 50 dan oşgan transport vositalaridan foydalaniş va ularni qayta röyxatdan ötkaziş taqiqlanadi va ular davlat röyxatidan çiqariladi. Rasmiylarga köra, Özbekistonda bunday avtolarning soni 88 mingtaga yaqin bölib, ular texnik va ekologik talablarga javob bermaydi. Alohida hollarda, yarim asr yaşab qöygan maşinalar antikvar deb topiladi va ularga “ANT” harfli yangiça avtoraqam beriladi. Bundan taşqari, yuridik şaxslarga tegişli taksilarning avtoraqamida “TTT” harflari bölişi kerakligi belgilab qöyildi.
Özbekistonda 2 mingta dorining ulgurji narxlari pasaytirildi. Bu haqda Farmatsevtika agentligi direktori Abdulla Azizov prezident huzuridagi taqdimotdan keyin bergan intervyusida ma’lum qildi. Azizovga köra, dekabr oyida 2 mingta dorining referent narxlari örtaça 40-60 foizga pasaygan va bu dorixonalardagi çakana narxlarda 1 martdan boşlab aks etadi. Farmagentlik rahbariga köra, yil oxirigaça yana 4 mingta import dori arzonlaştiriladi va şu bilan jami 6 mingta preparatning narxi pasayadi. Joriy yilda elektron retsept tizimiga töliq ötiş ham közda tutilgan.
Şaxsning qiyofasini sun’iy intellekt yordamida noqonuniy özgartiriş – endi javobgarlikka sabab böladi. Tegişli qonun 21 yanvardan boşlab kuçga kirdi. Unga köra, şaxsga doir ma’lumotlarga sun’iy intellekt yordamida noqonuniy işlov beriş – huquqbuzarlik qurolini musodara etgan holda, BHMning 50 baravaridan 100 baravarigaça, ya’ni kamida 20 mln 600 ming söm, köpi bilan 41 mln 200 ming söm jarimaga sabab böladi. Deputatlar bergan ma’lumotga köra, 2024 yilda sun’iy intellekt yordamida soxtalaştiriş bilan boğliq 3553 ta holat qayd etilgan. Qonun bilan, şuningdek, yuridik ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilişda faqatgina sun’iy intellekt bergan xulosalarga tayaniş man etildi.
Andijon viloyati hokimining 7 yilga qamalgan sobiq örinbosari 14 oy ötib ozodlikka çiqdi. Gap – imtiyozli kredit mablağlarini talon-toroj qilişda ayblangan Botirjon Hamroyev haqida ketyapti. U 2024 yil 14 oktyabr kuni korrupsion jinoyatda gumonlanib qamoqqa olingan, keyinroq 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Kun.uz'ning aniqlaşiça, sobiq mulozim 2025 yil 26 dekabr kuni ozodlikka çiqqan. Şu kuni apellyatsiya sudi yetkazilgan zarar qoplangani munosabati bilan Hamroyevga tayinlangan jazoni yengillaştirgan va tayinlangan yangi jazo allaqaçon ötab bölingan deb hisoblanib, u sud zalidan ozod etilgan.
Rossiyalik generalni öldirişda ayblangan Özbekiston fuqarosiga hukm öqildi. Moskvadagi harbiy sud Özbekiston vatandoşi Ahmadjon Qurbonovni general Igor Kirillovning ölimiga sabab bölgan teraktda aybdor deb topdi va uni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Qolgan 3 nafar ayblanuvçiga 18 yildan 25 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Sud hujjatlarida Qurbonov narigi 3 kişidan farqli ravişda, aybini töliq tan olgani aytiladi. Bundan taşqari, joriy haftada Dubay sudi 9 nafar Özbekiston vatandoşiga nisbatan hukm çiqardi. Ular ötgan yili aprelda ommaviy muştlaşuv sodir qilişda ayblanib, 8 nafari umrbod, 1 nafari esa 25 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Muallif – Komron Çegaboyev
Dastur boşlovçisi – Bobur Akmalov
Tasvir ustasi – Şohruz Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova
















