Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijdagi elchixonalar Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi muassasalarga biriktiriladi
“Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirishda xalqaro tajribalarni keng joriy etish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e'lon qilindi.
Foto: Namangan viloyati hokimligi
Prezident ta'lim muassasalari agentligi va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining agentlik tizimidagi ta'lim muassasalariga xorijiy ilg‘or tajribalarni joriy etib borishi amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda asosiy yo‘nalishlar etib quyidagilar belgilansin:
- agentlik tizimidagi ta'lim muassasalariga xalqaro ta'lim dasturlari bo‘yicha malakali mutaxassislarni jalb etgan holda ta'lim jarayonini takomillashtirish;
- o‘qituvchilar va o‘quvchilarning xorijiy ta'lim muassasalari bilan tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish;
- nufuzli xalqaro oliy ta'lim muassasalari ta'lim grant dasturlari asosida bitiruvchilarning ta'lim olishlariga ko‘maklashish;
- rivojlangan davlatlar bilan ta'lim, ilm-fan va texnologiyalarni takomillashtirish borasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- dunyo miqyosida tan olingan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tibbiyot, ekologiya, muhandislik va boshqa sohalardagi yetakchi tashkilotlar bilan agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish;
- agentlik tizimidagi ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan mahalliy mutaxassislarning xorijiy ilg‘or ta'lim muassasalarida malaka oshirishini tashkil etish;
- o‘qituvchilar va o‘quvchilarning turli yo‘nalishdagi xalqaro konferensiyalar, anjumanlar, fan olimpiadalari, tanlovlar, ixtisoslikka oid ko‘rgazmalarda ishtirok etishlariga ko‘maklashish;
- agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari kutubxonalarini yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga ulash, o‘qituvchilar va o‘quvchilarga ushbu kutubxona resurslaridan keng foydalanishga imkoniyat yaratish hamda kutubxona fondini xorijiy adabiyotlar bilan boyitib borish;
- agentlikning “Maktab maslahatchisi” dasturini xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish va amaliyotga joriy etish.
Xorijiy davlatlarning ilg‘or ta'lim dasturlari, ilm-fan sohalarining so‘nggi yutuqlari, pedagog kadrlarning “Hayot davomida o‘qish” dasturlarini O‘zbekiston ta'lim tizimiga integratsiya qilish, mavjud xalqaro hamkorlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalarini Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ta'lim muassasalariga biriktirish ro‘yxati tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
19:42 / 22.04.2026
Maktablarda 12 yillik ta’limga qachon o‘tiladi? – mas’ullar jim
14:43 / 11.04.2026
Xorijdagi o‘zbekistonliklar elchixona qabuliga onlayn yozilishi mumkin bo‘ldi
09:15 / 02.04.2026
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
10:31 / 13.03.2026