Sport | 09:43 / 12.10.2018
10698
3 daqiqa o‘qiladi

O‘rtoqlik uchrashuvlari. Mbappe Fransiyani mag‘lubiyatdan qutqardi, Ispaniya va Argentinada yirik hisobdagi g‘alabalar

Foto: REUTERS

11 oktabr kuni jahonning bir qator terma jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushdi.

Argentina terma jamoasi 16 oktabr kuni Braziliyaga qarshi bo‘ladigan o‘rtoqlik o‘yini oldidan Iroq mehmoni bo‘ldi va mezbonlar darvozasiga javobsiz 4 ta to‘p kiritdi. Raqib darvozasini safarda 4 marta aniq nishonga olib g‘alaba qozonishni kecha Ispaniya va Kolumbiya termalari ham uddaladi. Ispanlar Uelsni 4:1, kolumbiyaliklar AQShni 4:2 hisobida dog‘da qoldirdi.

Kecha, shuningdek, amaldagi jahon chempioni Fransiya terma jamoasi ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Frantsuzlar Islandiya bilan bahsda 90-daqiqada Mbappening penaltidan kiritgan goli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi – 2:2.

O‘rtoqlik uchrashuvlari
11 oktabr
Turkiya – Bosniya va Gertsegovina 0:0 (0:0, 0:0)

Iroq – Argentina 0:4 (0:1, 0:3)
Gollar: 0:1 – 18 Martines, 0:2 – 53 Pereyra, 0:3 – 82 Petstselya, 0:4 – 90 Servi.
Argentina – Romero, Bustos (Kannemann, 75), Funes Mori, Petstselya, Paredes (Servi, 60), de Paul, Mesa (Salvio, 46), Vaskes (Pereyra, 46), Akunya, Martines(Simeone, 57), Dibala.

Uels – Ispaniya 1:4 (0:3, 1:1)
Gollar: 0:1 – 8 Pako Alkaser, 0:2 – 19 Ramos, 0:3 – 29 Pako Alkaser, 0:4 – 74 Bartra, 1:4 – 89 Vouks.
Ispaniya – De Xea (Arrisabalaga, 46), Ramos (Bartra, 46), Albiol, Aspilikueta (Kastro, 63), Gayya, Saul (Koke, 46), Rodri Ernandes, Sebalos, Suso (Rodrigo, 81), Pako Alkaser (Aspas, 73), Morata.

Fransiya – Islandiya 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 30 Byarnason, 0:2 – 58 Arnason, 1:2 – 86, avtogol Eyyelfsson, 2:2 – 90, penalti Mbappe.
Fransiya – Loris, Kimpembe, Din, Pavar, Varan (Zuma, 46), Nzonzi, Pogba (Ndombele, 67), Toven (Lemar, 59), Dembele (Payyet, 67), Grizmann (Mbappe, 60), Jiru.)

AQSh – Kolumbiya 2:4 (0:1, 2:3)
Gollar: 0:1 – 36 Xames, 1:1 – 50 Akosta, 2:1 – 53 Vud, 2:2 – 56 Bakka, 2:3 – 74 Falkao, 2:4 – 79 Borxa.
AQSh – Steffen, Myazga, Robinson (Svit, 76), Yyedlin, Bruks, Bredli, Akosta, Sayyef (Piko, 58), Grin (Novakovich, 84), Vud (Sardjyent, 83), Vea (Delgado, 68).
Kolumbiya – Ospina, Murilo, Sanches, Aryas, Uribe, Machado, Barrios (Roa, 89), Xames (Moreno, 82), Kuadrado (Kintero, 55; Chara, 83), Falkao (Kardona, 76), Bakka (Borxa, 76).

Meksika – Kosta-Rika 3:2 (1:2, 2:0)
Gollar: 0:1 – 29 Kempbell, 1:1 – 33 Gusman, 1:2 – 44, penalti Ruis, 2:2 – 56 Martin, 3:2 – 71, penalti Ximenes.
Meksika – Laxud (Gudino, 46), Agirre, van Rankin (Damm, 46), Alvares, Gusman, Alvarado (Korona, 61), Arteaga, Brisuela (Ximenes, 61), Duenyas, Angulo, Saldivar (Martin, 46).

Hongkong – Tailand 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 2 Filipp Roller 

Kuvayt – Livan 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 81 Faysad Zayid Al-Harbi

BAA - Honduras 1:1  (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 32 Umar Abdurahmon, 1:1 – 18 Kioto

Bahrayn - Suriya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 30 As-Soma

12 oktabr
15:30. Yaponiya - Panama
16:00. Janubiy Koreya - Urugvay
16:30. Singapur - Mo‘g‘uliston
18:00. Shri-Lanka - Malayziya
20:30. Qatar - Ekvador
23:00. Saudiya Arabistoni - Braziliya
05:30. Peru - Chili

Mavzuga oid