09:13 / 27.03.2019
7364

O‘rtoqlik uchrashuvlari. Argentina Marokashni, Braziliya Chexiyani mag‘lub etdi

Foto: Getty Images

Mart oyidagi FIFA kunlariga belgilangan so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Kecha Argentina Marokashda, Braziliya esa Chexiyada mezbonlarni mag‘lub etdi. Lionel Messining ishtirokisiz o‘tgan Tanjyerdagi bahsda yagona gol 83-daqiqada Anxel Korrea tomonidan urildi. Pragadagi o‘yinning birinchi bo‘limidan keyin hisob chexlar foydasiga 1:0 bo‘lib turgandi, ammo tanaffusdan keyin darhol Roberto muvozanatni tikladi. So‘nggi 7 daqiqada Gabriel Jyezus dubl qayd etib, «pentakampeonlar» g‘alabasini ta'minladi.

O‘rtoqlik uchrashuvlari
26 mart
Marokash – Argentina 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 83 Korrea.
Argentina – Andrada (Musso, 67), Kannemann, Montiyel, Petsselya, Paredes (Saracho, 76), Rodriges, de Paul (Korrea, 62), Pereyra (Markone, 90), Akunya, Martines (Suares, 56), Dibala (Lo Chelso, 79).

Chexiya – Braziliya 1:3 (1:0, 0:3)
Gollar: 1:0 – 37 Pavelka, 1:1 – 49 Firmino, 1:2 – 83 Gabriel Jyezus, 1:3 – 90 Gabriel Jyezus.
Chexiya – Pavlenka, Tsoufal, Novak (Gebre Selassiye, 46), Chelyustka (Kudela, 59), Suxi, Darida (Fridek, 56), Pavelka (Kral, 69), Masopust, Souchek, Zmrgal (Yankto, 84), Shik (Vydra, 53).
Braziliya – Alisson, Aleks Sandro, Markinos, Tiago Silva, Danilo, Kazemiro (Artur, 71), Koutino (Gabriel Jyezus, 72), Lukas Paketa (Everton, 46), Allan, Risharlison (Neres, 63), Firmino (Fabino, 87).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (24), Risharlison (37).

AQSh – Chili 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 4 Pulishich, 1:1 – 9 Opaso.
AQSh – Xorvat, Gonsales, Rim, Yyedlin, Myazga, Bredli, Pulishich (Letxet, 36), Roldan (Lyuis, 84), Arriola (Trapp, 66), Zardes (Morris, 79), Berd (Lovits, 56).E
Chili – Aryas, Isla, Maripan (Vegas, 70), Xara, Opaso, Arangis (Martines, 90), Medel, Vidal, Paves, Valdes (Pulgar, 70), Kastilo (Rubio, 86).
Ogohlantirishlar: Paves (27), Lovits (75), Vegas (85), Vidal (90).

Ekvador - Honduras 0:0

Yaponiya – Boliviya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 76 Nakadzima.

Janubiy Koreya – Kolumbiya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 17 Son Hyong Min, 1:1 – 49 Dias, 2:1 – 58 Li Chje Son.

BAA – Suriya 0:0

Iroq – Iordaniya 3:2
Gollar: Husayn (36), Bashar (52), Ali (70) - Sulaka (5 avtogol), Faysal (88)

Top